TIBBIYOTDA QO’LLANILISHIGA DOIR YO’RIQNOMA
TOTEMA®

Preparatning savdo nomi: Totema®

Ta’sir etuvchi moddalar (XPN): temir glyukonati+marganets glyukonati+mis glyukonati

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun eritma

Tarkibi:

1 ampula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

Temir glyukonati, miqdori elementar temirga muvofiq — 50,00 mg

Marganets glyukonati, miqdori elementar marganetsga muvofiq – 1,33 mg

Mis glyukonati, miqdori elementar misga muvofiq — 0,70 mg

yordamchi moddalar: glitserol, suyuq glyukoza, saxaroza, suvsiz limon kislotasi, natriy sitrati, natriy benzoati, polisorbat 80, karamel bo’yovchisi TPS (E 150s), «Tutti frutti» xushbo’yi, tozalangan suv.

Ta’rifi: to’q-jigarrang, o’ziga xos hidli suyuqlik. Biroz cho’kma hosil bo’lishi mumkin.

Farmakoterapevtik guruhi: Gematopoetik organlarning qon tizimiga ta’sir qiluvchi preparatlar. Anemiyaga qarshi preparatlar. Temir preparatlari. Boshqa preparatlar bilan majmuada temir.

ATX kodi: B03AE10

 

Farmakologik xususiyatlari

Totema®- anemiyaga qarshi, ikki valentlik temir organik tuzi kurinishidagi temir glyukonati, xamda,marganets glyukonati va mis glyukonati saklovchi majmuaviy preparat.

Farmakodinamika

Temir ko’pchilik xujayrastrukturalari tarkibiga kirib va ko’pgina fermentativ tizimlar (sitoxromlar, katalazalar) faoliyatida ishtirok etib, kislorodnitashishda va oksidlanish metabolik jarayonlarda juda katta rol o’ynaydi, shuningdek odam organizmida ayniqsa gemoglobin xosil bo’lishi uchun zarur bo’lgan kerakli element xisoblanadi.

Farmakokinetikasi

So’rilishi.  Temir asosan o’n ikki barmoqli ichak va ingichka ichakda so’riladi. Temirni maksimal so’rilishi och qoringa qabul qilganda kuzatiladi. So’rilishi o’zgarib turadi va organizmdagi temir zaxirasiga va fiziologik talabga bog’liqdir. Temir tanqisligi xolatlarida uning so’rilishi kuchayadi.

Taqsimlanishi. So’rilgandan keyin temirning asosiy qismi transferin bilan bog’lanadi va suyak ko’migiga o’tadi, u yerda gemoglobin sintezi uchun suyak ko’migi eritroid xujayralari tomonidan qamrab olinadi; qolgan qismi qonda saqlanadi va ferritin, gemosiderin, mioglobin ko’rinishida a’zolarda depo uchun to’planadi.

 

Qo’llanilishi

— Kattalar va 3 oylikdan boshlab bolalarda temir tanqisligi anemiyasini (TTA) davolash;

— xavf guruhlarida temir tanqisligini oldini olish: homiladorlik vaqtida, temir tanqisligi bo’lgan onadan tug’ilgan bolalarda, qon donorlarida qo’llanadi.

 

Qo’llash usuli va dozalari

Ovqatdan oldin ichga qabul qilinadi. Ampula ichidagisini oddiy yoki shirin suvda eritiladi. Qo’llashdan oldin chayqatiladi. Ampula uchini xavfsiz sindirish uchun qutidan punktir yo’li bo’yicha bir bo’lak kartonni yirtib oling va uni ikkiga buking. Ampulani ikki tomonidan sindiring va ichidagisini stakanga to’king.

Temir tanqisligini va temir tanqisligi anemiyasini davolash:

Kattalar: sutkada 100-200 mg elementar temir, ya’ni sutkada 2-4 ampula buyuriladi.

1 oylikdan katta bolalar: elementar temirni 1 kg tana vazniga sutkada 5-10 mg buyuriladi.

Temir tanqisligi profilaktikasi:

Homilador ayollar: elementar temirni sutkada 50 mg (1 amp.) homiladorlikning oxirgi 2 uchoyligi davomida (yoki 4 oyligidan boshlab) buyuriladi.

 

Nojo’ya ta’sirlari

Noxush reaksiyalar rivojlanish tez-tezligi quyidagi tarzda ko’rsatilgan: juda tez-tez (1/10 xollardan ko’p), tez-tez (1/100 ko’p xollar va kamida 1/10 xollar), tez-tez emas

(1/1000 ko’p va kamida 1/100 xollar), kam xollarda (1/10000 ko’p va kamida 1/1000 xollar) va juda kam xollarda (kamida 1/10000 xollar). Mavjud ma’lumotlar bo’yicha rivojlanish tez-tezligini baxolab bo’lmaydigan noxush reaksiyalar quidagicha belgilanadi «tez-tezligi noma’lum».

Me’da-ichak yo’llari tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: ko’ngil aynishi, jig’ildon qaynashi, qabziyat, diareya, epigatriy soxasida og’riq, axlatni qora rangga bo’yalishi (norma xisoblanadi).

Immun tizimi tomonidan buzilishi:

Tez-tezligi noma’lum: allergik reaksiyalar.

Boshqalar

Tez-tez emas: tish emali rangini o’zgarishi (kam jigarrang yoki qora dog’lar), davolashdan keyin qaytuvchan kuzatilishi mumkin.

Agar yo’riqnomada ko’rsatilgan biron-bir nojo’ya samaralar kuchaysa, yoki Siz yo’riqnomada ko’rsatilmagan boshqa nojo’ya samaralarni sezgan bo’lsangiz, bu xaqida shifokorga xabar bering.

 

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar

— temir tanqisligi bilan bog’liq bo’lmagan anemiyalar;

— gemoxromatoz, gemosideroz;

— talassemiya;

— me’da va o’n ikki barmoq ichak yara kasalligining zo’rayish bosqichi;

— qo’rg’oshin bilan zaharlanish;

— preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

— 3 oylikkacha bo’lgan bolalar;

— mis yoki marganetsdan zaharlanish, “Vilson-Konovalov” kasalligi;

— saxarozi/izomaltozi tanqisligi, fruktozani o’zlashtiraolmaslik,

glyukozo-galaktoza malabsorbsiyasida qo’llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: qandli diabet, ichakning yallig’lanish kasalliklari (enterit, divertikulit, yarali kolit, Kron kasalligi).

 

Dorilarning o’zaro ta’siri

Preparatni parenteral yuborish uchun temir preparatlari bilan birga qo’llash tavsiya etilmaydi. Birga qo’llanganda lipotimiya (xushdan ketish reaksiyasi), yoki temirni uni kompleks birikmalaridan tez ajralib chiqishi va siderofilin bilan to’yinishi tomonidan chaqirilgan shok kuzatilishi mumkin.

Quyidagilar bilan extiyotkorlikka rioya qilish talab qilinadi:

Tetratsiklinlar; ftorxinolonlar; bifosfonatlar bilan; penitsillamin; tiroksin bilan peroral qo’llash uchun.

Bu preparatlarni qabul qilish temir preparatini qabul qilishdan kamida 2 soat oldin yoki 2 soatdan keyin tavsiya etiladi, chunki ularning so’rilishi temir preparatlarini qabul qilganda pasayadi.

Tuzlar, oksidlar va kalsiy gidroksidi, magniy va alyuminiy

Bu preparatlarni qabul qilish temir preparatini qabul qilishdan kamida 2 soat oldin yoki 2 soatdan keyin tavsiya etiladi, chunki temirni so’rilishi bu preparatlarni qabul qilganda pasayadi.

 

 

Maxsus ko’rsatmalar

Ushbu dori vositasi yallig’lanish sindromida giposideremiyani (zardob temiri darajasini pasayishi) davolash uchun tavsiya etilmaydi. Temir preparatlarini qabul qilishni imkon boricha temir tanqisligini chaqirgan sabablarni bartaraf qilish bilan bir vaqtda o’tkazish kerak.

1 ampula preparatda 1/4 non birligi, maksimal sutkalik dozada esa (preparatning 4 ampulasida) – 1 non birligi saqlanadi.

Homiladorlik va laktaciya davrida qo’llanishi

Homiladorlik

Preparatni homilador ayollarga, homilaga yoki yangi tug’ilgan chaqaloqqa biron-bir salbiy ta’siri aniqlanmagan, shuning uchun preparatni homiladorlik vaqtida qo’llash mumkin.

Laktaciya

Preparatni ko’krak sutiga o’tishi xaqida ma’lumotlar yo’q, laktatsiya davrida ayollarga  preparatni qabul qilishda emizishdan saqlanish tavsiya etiladi.

Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri

Avtotransport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatni salbiy ta’siri xaqida ma’lumotlar yo’q.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Temir tuzlari dozasini oshirib yuborilishi

Temir tuzlari dozasini oshirib yuborilish extimoli tasodifan preparatni katta dozalarini qabul qilganda, shuningdek ruxsat berilgan dozalarni muntazam qabul qilganda mavjud, va ayniqsa bolalarda xavflidir.

Temirni 20 mg/kg va undan yuqori peroral dozalari zaxarli xisoblanadi.

Qon zardobida temir konsentratsiyasi 5 mkg/ml va undan yuqori bo’lsa temir tuzlari bilan o’tkir zaxarlanish xaqida dalolat beradi.

Temirning 60 mg/kg yaqin dozasi bolalar uchun juda xavfli xisoblanadi. Bolalarda temir tuzlari bilan zaxarlanishda o’z vaqtida tibbiy yordam ko’rsatilmasa o’limga olib kelishi mumkin. Shuning uchun temir preparatlarini bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.

Temir tuzlari dozasini oshirib yuborilishiga shubxa paydo bo’lganda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak!

Tibbiy yordam ko’rsatishgacha bo’lgan shoshilinch choralar: toza suv bilan me’dani yuvish (bir necha stakan suv ichish va qusishni chaqirish kerak).

 

O’tkir dozani oshirib yuborilishi

Temir tuzlari o’tkir dozasini oshirib yuborilishi bir necha bosqichda o’tishi mumkin:

Zaxarlanishning 1 bosqichi (doza oshirib yuborilgandan keyin birinchi 6 soat): ko’ngil aynishi, qusish, qon aralash diareya, qorinda og’riq, xolsizlik, teri rangini oqarib ketishi, sovuq yopishqoq ter, atsidoz, kuchsiz puls, arterial bosimni pasayishi, yurak tez urishi, markaziy nerv tizimini turli yaqqollikda, komagacha susayishi, tirishishlar.

Zaxarlanishning 2 bosqichi (doza oshirib yuborilgandan keyin 6-24 soat o’tgach): vaqtinchalik xolatni stabillashishi.

Zaxarlanishning 3 bosqichi (doza oshirib yuborilgandan keyin 24-48 soat o’tgach): buyrak va jigar yetishmovchiligi, sariqlik, metabolik atsidoz, kollaps, isitma, o’pka shishi, komagacha bo’lgan shok.

Zaxarlanishning 4 bosqichi (doza oshirib yuborilgandan keyin bir necha xafta o’tgandan keyin): jigarni shikastlanishi, ichakni o’tkazmasligi.

Davolash

Temir tuzlari dozasini oshirib yuborilishiga shubxa bo’lganda zudlik bilan davolashni boshlash kerak.

Bolalar

  1. Dozasini oshirib yuborilganda birinchi soatlarda qusishni chaqirish kerak.
  2. Me’dani yuvish kerak. Kichik yoshdagi bollarga diareya xavfi bilan bog’liq surgi vositalarini qo’llash mumkin emas. Patsientni muntazam kuzatish talab etiladi; qusuq massalari chaqirgan aspiratsiya xollarida so’rg’ich va kislorod kerak bo’ladi. Bolalardagi og’ir zaxarlanishda va zaxarlanishning keyingi bosqichlarining rivojlanishida davolash muolajalari shifokor tomonidan bajarilishi kerak.
  3. Qon plazmasida temir konsentarsiyasini muntazam nazorat qilish kerak.
  4. Jiddiy zaxarlanishlarda, koma yoki shok xolatlarida plazmada temir darajasi yuqori bo’lganda zudlik bilan yordam ko’rsatish va temir maxsus antidoti – deferoksamin eritmasini yuborishni qo’llash bo’yicha yo’riqnomasiga asosan boshlash kerak. Shok xolati, degidratatsiya va kislota-ishqor buzilishlar muvofiq davolash usullari bo’yicha bartaraf qilinishi kerak.

Kattalar

  1. Doza oshirib yuborilgandan keyin birinchi soatlarda qusishni chaqirish kerak.
  2. Me’dani yuvish kerak. Patsientni muntazam kuzatish talab etiladi; qusuq massalari chaqirgan aspiratsiya xollarida so’rg’ich va kislorod kerak bo’ladi. Ichak bo’shalishi uchun mannitol va sorbit suvli eritmalarni qo’llash mumkin.
  3. Qon plazmasida temir konsentarsiyasini muntazam nazorat qilish kerak.
  4. Jiddiy zaxarlanishlarda, koma yoki shok xolatlarida plazmada temir darajasi yuqori bo’lganda zudlik bilan yordam ko’rsatish va temir maxsus antidoti – deferoksamin eritmasini yuborishni qo’llash bo’yicha yo’riqnomasiga asosan boshlash kerak. Shok xolati, degidratatsiya va kislota-ishqor buzilishlar muvofiq davolash usullari bo’yicha bartaraf qilinishi kerak.

 

Marganets tuzlari dozasini oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko’ngil aynishi, qusish, diareya, mushak og’riqlarini faolligini pasayishi, kuchsizlik, toliqish, uyquchanlik, bosh og’rig’i, gallyutsinatsiyalar, xotirani yomonlashishi, depressiya, mushak tonusini buzilishi, paresteziya, mushak atrofiyasi, parkinsonizm simptomlari.

Davolash: simptomatik davolash.

Mis tuzlari dozasini oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko’ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og’riq, ko’krakda og’riq, og’izda metall ta’mi, mushaklarda og’riq, yuqori ta’sirchanlik, depressiv xolat.

Davolash: me’dani yuvish, enterosorbentlar, siydik xaydovchi va surgi vositalarini qo’llash, simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun eritma.

10 ml dan ikkiuchlik III tur sariq shishali ampulalar.

10 ampuladan karton poddonda, 2 poddondan tibbiyotda qo’llanilishiga doir yo’riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

25ºS dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

O’ramida ko’rsatilgan yaroqlilik muddati o’tgach qo’llanilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept bo’yicha.

 

Ishlab chiqaruvchi

Innotera Shuzi

Ryu Rene Shantero, Shuzi-syur-Sis, Valuar-syur-Sis, 41150, Fransiya

 

Ro’yxatdan o’tkazilganlik guvohnomasining egasi

Laboratoriya Innotek Internasional

22, avenyu Aristid Brian, 94110 Arkey, Fransiya

 

Uzbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifatiga bo’yicha e’tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili:

“Laboratoriya Innotek Internasional” Uzbekistonda vakolatxonasi

  • YUridik manzili: Toshkent, Fidokor ko’chasi 7A.
  • : 140-43-40, 140-43-41

E-mail: uz.innotech@sks.uz