Preparatning savdo nomi: Polijinaks® Virgo
Dori shakli: intravaginal yuborish uchun emulsiya kapsulalarda
Tarkibi:
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:
Faol moddalar:
Neomitsin sulfati 35 000 XB
Polimiksin V sulfati 3 35 000 XB
Nistatin 100 000 XB
Yordamchi moddalar: gidrogenlangan soya moyi, dimetikon 1000, tefoz 63®: palmitin kislotasi efirlari va stearin kislotasi efirlari.
Kapsula qobig’ining tarkibi: jelatin, glitserol, dimetikon 1000, tozalangan suv.
Ta’rifi: och-sariqdan och jigarrang ranggacha bo’lgan, oval shaklli o’tkir uchli yumshoq kapsulalar. Kapsula tarkibi: och-sariqdan och jigarrang ranggacha bo’lgan moyli emulsiya.
Farmakoterapevtik guruhi: ginekologik kasalliklarni davolash uchun boshqa antiseptiklar va mikroblarga qarshi preparatlar
ATX kodi: G01AX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Grammusbat (Staphylococus aureus, korinebakteriyalar va boshqalar) va grammanfiy mikroorganizmlarga (Enterococus faecium, Enterobacter aerogenes, Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Proteus vulgaris, Klebsiella pneumoniae, Mycobacterium tuberculosis, Pseudomonas aeruginosa, Ureaplasma urealyticum) bakteritsid ta’sir ko’rsatadi.
Patogen zamburug’larga, ayniqsa achitqisimon — Candida albicans, Cryptococcus, Hystoplasma turi zamburug’lariga fungitsid ta’sirga ega. Qin shilliq qavatining trofik jarayonlarini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
Qin shilliq qavatiga tekis taqsimlanib, mahalliy bakteritsid va fungitsid ta’sir ko’rsatadi. Qin shilliq qavati yuzasidan deyarli so’rilmaydi.
Qo’llanilishi
Davolash.
— nospetsifik, zamburug’li, aralash vaginitlar, vulvovginitlar va tservikovaginitlarda qo’llaniladi.
Oldini olish uchun.
— jinsiy a’zolar sohasidagi jarrohlik aralashuvi oldidan;
— bachadon ichki diagnostika muolajasi oldidan qo’llaniladi.
Qo’llash usuli va dozalari
Qin ichiga yuborish uchun buyuriladi. Bir kapsuladan kechki hojatdan keyin, uyqu oldidan buyuriladi. Kapsulaning o’tkir uchi kesiladi va uni sekin siqib kapusulaning ichidagisini qinga yuboriladi. Dori preparati qinga yuborilganidan keyin, kapsulani chiqindilarga qo’shib tashlab yuboriladi. Davolash kursi 6 kunni tashkil etadi. Oldini olish maqsadida preparat 6 kun davomida qo’llaniladi. Preparatni qabul qilish o’tkazib yuborilganida, davolashni odatdagi dozada qaytadan boshlash kerak.
Nojo’ya ta’sirlari
Preparatning komponentlariga allergik reaktsiya. Uzoq vaqt qo’llanilganida, buyrak yetishmovchiligida aminoglikozidlarning tizimli nojo’ya ta’sirlarni namoyon bo’lishi kuchayib boradi.
Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentiga allergik reaksiyada qo’llash mumkin emas.
Dorilarning o’zaro ta’siri
Spermitsidlar bilan birga qo’llash tavsiya etilmaydi, chunki preparatning faolligi pasayishi mumkin.
Maxsus ko’rsatmalar
Preparat qiz bolalar va o’smir qizlarda qo’llash uchun maxsus ishlab chiqarilgan. Reinfeksiya xavfi va kasalliklarning ayrim qo’zg’atuvchilarini unga chidamliligini shakllanishini oldini olish maqsadida, preparatni qo’llash muddati chegaralangan bo’lishi kerak.
Buyrak yetishmovchiligi hollarida maslahat olish uchun shifokorga murojaat qiling. Davolash vaqtida qin ichiga tamponlarni qo’llashdan saqlanish kerak. Hayz ko’rish vaqtida davolashni to’xtatmaslik kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo’llanishi
Homiladorlik vaqtida shifokor maslahatisiz qo’llash tavsiya etilmaydi. Agar davolanish vaqtida Siz homilador ekanligingizni sezsangiz, shifokorga murojaat qiling, chunki faqat u davolashni davom ettirish kerakligi haqida qaror qabul qilishi mumkin. Emizish davrida preparatni qo’llashdan saqlanish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Tavsiya etilgan dozalarda qo’llanganda, dozani oshirib yuborishining ehtimoli kam.
Chiqarilish shakli
Intravaginal yuborish uchun emulsiya, kapsulalarda. 3 kapsula PVX/alyumin blisterda. 1 yoki 2 blister tibbiyotda qo’llanilishiga doir yo’riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
15oC dan 25oC gacha bo’lgan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
YAroqlilik muddati
2 yil.
O’ramida ko’satilgan yaroqlilik muddati o’tgach qo’llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo’yicha.
Ro’yxatdan o’tkazilganlik guvohnomasinig egasi
Laboratoriya Innotek Internasional
22, avenyu Aristid Brian, 94110 Arkey, Fransiya
Ishlab chiqaruvchi
Innotera Shuzi
Ryu Rene Shantero Shuzi-syur-Sis, Valuar-syur-Sis, 41150, Fransiya
Uzbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo’yicha e’tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili:
“Laboratoriya Innotek Internasional” Uzbekistondagi vakolatxonasi
Yuridik manzili: Toshkent, Fidokor ko’chasi 7A.
Tel.: 140-43-40, 140-43-41.
E-mail: uz.innotech@sks.uz
Sayt egasi www.innotech.uz "Laboratoroire Innotech International" vakolatxonasi uning mazmuni uchun to'liq javobgardir. Sayt O'zbekistondagi jismoniy va yuridik shaxslarga qaratilgan. Saytdagi ma'lumotlar mos yozuvlar xususiyatiga ega va uni tibbiy mutaxassisning maslahati deb hisoblash yoki almashtirish mumkin emas. Batafsil ma'lumot uchun mutaxassisga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.
Oxirgi yangilangan: 2023-yil 20-iyul