POLIJINAKS dori vositasini tibbiyotda qo’llash bo’yicha
YO’RIQNOMA

Savdo nomi: POLIJINAKS

Xalqaro patentlanmagan nomi: yo’q

Dori shakli: qin kapsulalari

Bitta kapsula tarkibi:

Faol moddalar:

 neomitsin sulfati ……………… …  35 000 XB

 polimiksin V sulfati…………….   35 000 XB

 nistatin ………………………………..100 000 XB

Yordamchi moddalar: Tefoz 63®……………125,0 mg

Gidrogenlangan soya moyi……………………30,0 mg

Dimetikon 1000 dan…………………………..2500,0 mg gacha.

Ustki koplam tarkibi:

Jelatin………………………………………….381,2 mg

Glitserol………………………………………..191,5 mg

Dimetikon 1000 dan……………………………86,9 mg gacha.

Ta’rifi

Och-sariqdan to ok-sargish ranggacha bo’lgan oval shakldagi, ichida nim suyuk, bir xildagi modda saklovchi, yumshoq kapsulalar. Kapsula ichidagi suyuklik sarik rangdan to  jigarranggacha bulgan rangga ega bulishi mumkin.

 

Farmakoterapevtik guruhi : Ginekologik kasalliklarda davolash uchun antiseptik va mikroblarga qarshi dori vositasi. (kortikosteroid umumlashmasidan tashqari). Antibakterial dori vositasi. Nistatin boshqa qo’shimcha vositalar bilan birgalikda.

 

ATS kodi: G 01 AA51

 

Farmakologik ta’siri

Farmakodinamikasi.

Umumiylashgan preparat, tarkibiga kiruvchi barcha komponentlar bilan birgalikda ta’sirga kiradi.  Antibakterial, bakteritsid va zamburug’larga ta’sir kursatadi.

Neomitsin sulfat va polimiksin V, Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga yukori ta’sir ko’rsatadi.

Streptococcus spp. va anaerob bakteriyalarga  neomitsin i polimiksin ta’sirchanligi yuk.

Nistatin- Candida tarkibidagi zamburuglarga karshi fungitsid ta’sir kiladi. Kin shillik kavatining trofik xarakatini  tiklanishini yaxshilaydi.

 

Farmakokinetikasi.

Qin shilliq qavati  bo’ylab bir tekis taqsimlanib, maxalliy bakteritsid va fungitsid ta’sir ko’rsatadi. Qinning shilliq qavati yuzasidan amalda so’rilmaydi.

 

Qo’llanilishi

Davolash.

Ta’sirchan mikroorganizmlar noodatiy bulmagan, zamburugli, aralash vaginitlar, vulvovaginitlar va servikovaginitlar ta’sirida infeksiyali kasalliklar.

Profilaktika

-jinsiy a’zolar soxasidagi jarroxlik aralashuvlaridan natijasida infekiya asoratlarini oldini olish maksadida

-bachadon bo’yni diatermokoagulyatsiyasi oldidan va keyin

-bachadon  ichi tashxis muolajaalari oldidan

— tug’ishdan oldin.

 

Qo’llash mumkin bo’lmagan xolatlar

— preparatning xar qanday komponentiga sezuvchanlik.

— xomiladorlikni birinchi uch oyligida.

 

Homiladorlik  va emizish davri

xomiladorlikni II-III oyligida foyda yoki zararni vrach maslaxatiga binoan amalga oshiriladi, kachonki bola uchun xavfdan kutilayotgan natija ona uchun foydali bulsa.   Preparatni laktatsiya davri uchun karshi kursatmalar mavjud bulgaligi sabali ,zarur xollarda xam ba davrda kullash tavsiya etilmaydi, emizishni tuxtatish shart.

 

 

Qo’llash usuli va dozalari

Qinga qullash uchun.

Bir kapsula orkaga yotgan xolda qinga chuqur qilib uyqudan oldin qo’yiladi.

Davolash kursi 12 kun. Oldini olish kursi 6 kun.

Bir yoki bir necha dozalarni qabul qilish o’tkazib yuborilgan xolda qabul qilishni odatdagi dozalarda tiklang.

 

Nojo’ya ta’sirlari

Allergik reaksiyalar, qichishish, achishish, kindagi bezovtalik. Allergik  kontakt ekzema. Uzok vakt davolanish mobaynida aminoglikozidlarning kushimcha ta’siri bulishi mumkin. Kullanmada kursatilgan barcha nojuya ta’sirlar ogirlashib borsa yoki kullanmada kursatilmagan nojuya ta’sirlarni sezsangiz darxol vrachga murojaat eting.

 

Dorilarning o’zaro ta’siri

Spermatsidlar bilan birga qo’llash tavsiya qilinmaydi, chunki preparatning faolligini pasayishi mumkin.

 

Maxsus ko’rsatmalar

Preparatni kullashdan oldin mazok olish va bakteriologik analiz topshirish zarur.

Preparatni qo’llash muddatlari unga kasallikni aloxida qo’zg’atuvchilarni chidamliligini shakllanishi va reinfekatsiya xavfini oldini olish maqsadida, cheklangan bo’lishi kerak.

Davolanish vaqtida lateksdan ishlangan qalpoqchalar va prezervativlarni ishlatish tavsiya qilinmaydi.

Xayz ko’rish vaqtida davolash kursini to’xtatmaslik kerak.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Aniqlanmagan

 

Dori vositasini transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta’siri

Dori vositasini transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirikarshi ta’sir aniklanmagan.

 

Bulishi mumkin:

Kullashni uziga xos xususiyatlari:

Kassalikni yukishini oldini olish maksadida, aloxida gigienik vositalardan foydalanish (mochalka, sochik va xokazo) va ich kiym toza paxtadan bulishi lozim.

Kassalikni kaytarilishini oldini olish maksadida bir vaktda jinsiy xamkorning xam davolanishi zarur.

 

CHiqarilish shakli va o’rami

Vaginal kapsulalar

6 qin kapsuladan PVX/PVDX alyumin blisterda.

1 yoki 2 blister qo’llash bo’yicha yo’riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

250S dan yuqori bo’lmagan xaroratda saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!

 

 

Yaroqlilik muddati

2  yil.

Preparat o’ramida ko’rsatilgan yaroqlilik muddati o’tgach ishlatilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept bo’yicha

 

Nomiga Registratsion guvoxnoma berilgan Yuridik shaxs:

Laboratoriya Innotek Internasional,

22 avenyu Aristid Brian, 94110 Arkey, Fransiya

 

Ishlab chiqaruvchi (birlamchi va ikkilamchi qadoq ko’rinishi, sifat nazoratini chikaruvchi)

Innotera Shuzi

Ryu Rene Shantero Shuzi-syur-sis 41150 Valuar-syur-sis, Frantsiya

 

Tayyor dori ishlab chiqaruvchi joy nomi:

Katalent Frans Beynxeym sa, 74 Ryu prinsipal 67930 Beynxeym, Frantsiya

Sviss Kaps AG, Xuzenshtrasse 35, 9533 Kirxberg, Shveytsariya