TIBBIYOTDA QO’LLANILISHIGA DOIR YO’RIQNOMA
FLEBODIA 600

Preparatning savdo nomi: FLEBODIA 600

Ta’sir etuvchi modda (XPN): diosmin (diosmine)

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Bir tabletka:

faol modda:

diosmin quruq moddaga qayta hisoblaganda……………600 mg

yordamchi moddalar:

talk………………………………………………………………………10,24 mg

kolloid kremniy dioksidi……………………………………..3,5 mg

stearin kislotasi…………………………………………………..50,05 mg

mikrokristallik sellyuloza………………………………….910 mg gacha

Plyonka qobiq tarkibi:

Sepifilm® 002 (gipromelloza (E 464) – 9,832 mg, mikrokristallik sellyuloza – 7,866 mg, makrogol 8 stearat 1 turi – 1,967 mg).

pushti Sepispers® AR 5523 (propilenglikol izlari, gipromelloza (E 464) – 0,458 mg, titan dioksidi (E171) – 4,026 mg, puns bo’yovchi [Ponso 4R] (E124) – 0,401 mg, temir (II, III) oksidi (E172) — 0,130 mg,  temir (III) oksidi (E172) – 0,020 mg)

Opaglos® 6000 (karnaub mumi (E 903) — 0,075 mg, asalari mumi (E 901) – 0,075 mg, shellak (E 904) – 0,150 mg,  etanol  95° — izlari)

Ta’rifi: dumaloq, ikkiyoqlama qabariq, pushti rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Angioprotektor vosita.

ATX  kodi:  С05СА03

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Preparat flebotonuslovchi ta’sirga ega: venalarning cho’ziluvchanligini kamaytiradi, venalarning tonusini oshiradi (dozaga bog’liq samara), venoz dimlanishni kamaytiradi, limfatik drenajni yaxshilaydi: limatik kapillyarlarning tonusini va qisqarishlari tez-tezligini oshiradi, ularning funksional zichligini oshiradi, limfatik bosimni pasaytiradi; mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi: kapillyarlarning chidamliligini oshiradi (dozaga bog’liq samara), ularning o’tkazuvchanligini kamaytiradi; leykotsitlarning vena devorlariga yopishqoqligini (adgezivligi) va ularning vena atrofidagi to’qimalariga migratsiyasini kamaytiradi; teri to’qimasiga kislorodning diffuziyasini va perfuziyani yaxshilaydi, yallig’lanishga qarshi ta’sirga ega. Adrenalinning, noradrenalinning tomirlarni toraytiruvchi ta’sirini kuchaytiradi, erkin radikallarning ajralib chiqishini, prostaglandinlar va tromboksanning sintezini bloklaydi.

Farmakokinetikasi

Me’da-ichak yo’llaridan tez so’riladi, qabul qilinganidan so’ng 2 soatdan keyin plazmada aniqlanadi. Qon plazmasida maksimal konsentratsiyaga qabul qilinganidan so’ng 5 soatdan keyin erishiladi. Bir tekis taqsimlanadi va kavak venalarning va oyoq-qo’llarning teri osti venalarining hamma qavatlarida, kam darajada – buyraklarda, jigar va o’pkalarda va boshqa to’qimalarda to’planadi. Diosmin va/yoki uning metabolitlarining vena tomirlarida tanlab to’planishi qabul qilingandan so’ng 9 soatdan keyin maksimal darajaga erishadi va 96 soat davomida saqlanadi. 79% — siydik, 11% — ahlat, 2,4% — o’t-safro bilan chiqariladi.

 

Qo’llanilishi

— pastki tayanch harakat a’zolari limfavenoz yetishmovchiligi belgilarini bartaraf etish uchun: oyoqlarda og’irlik yoki charchoq hissi, og’riq, bezovta oyoq sindromi;

— mikrosirkulyatsiya buzilishida yordamchi terapiya;

— o’tkir gemoroyning simptomatik terapiyasi.

 

Qo’llash usuli va dozalari

Har doim ushbu yo‘riqnomada keltirilgan yoki shifokoringiz yoki farmasevtingizdan olingan ma’lumotga qat’iy rioya qilgan holda preparatni qabul qilishingiz kerak.

Agar shubhangiz bo’lsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Ichish uchun.

Dozalash

  • Limfovenoz yetishmovchilik: kuniga 1 tabletka ovqatlanish vaqtida
  • O’tkir gemorroy: kuniga 2-3 tabletka ovqatlanish vaqtida

Terapiyaning davomiyligi odatda 2 oyni tashkil qiladi. Agar preparatning bir yoki bir nechta dozasi o’tkazib yuborilgan bo’lsa, preparatni odatdagidek va odatdagi dozada qo’llashni davom ettirish kerak.

 

Nojo’ya ta’sirlari

Barcha dorilar singari, ushbu dori ham nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin, ammo u hammada ham yuzaga chiqmaydi.

 

Ko‘pincha (kishi boshiga 1 kishiga to’g’ri kelishi mumkin)

  • Oshqozon og‘rig‘i

Kamdan kam (100 kishidan bittasida bo‘lishi mumkin)

  • teri toshmasi, tirnash, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish kabi allergik reaktsiyalar;
  • dam bo‘lish;
  • diareya;
  • dispepsiya;
  • ko‘ngil aynish

Juda kam (1000 kishidan 1 kishigacha bo‘lishi mumkin)

  • qusish

Dispeptik kasalliklar kamdan-kam hollarda davolanishni to’xtatadi.

 

Nojo‘ya ta’sirlar haqida xabar

Agar biron bir nojo‘ya ta’sir yuzaga kelsa, shifokor yoki farmatsevtga murojaat qilishingiz kerak. Bu ushbu qo‘llanilishiga doir yo’riqnomada ko‘rsatilmagan mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlarga nisbatan qo‘llaniladi. Nojo‘ya ta’siri haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlatdagi milliy farmakologik nazorat tizimi orqali xabar berish mumkin.

Nojo‘ya ta’siri haqida xabar berish orqali siz ushbu preparatning xavfsizligi to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot berishingiz mumkin.

 

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, laktatsiya davri,  18 yoshgacha bo’lgan bolalar, xomiladorlik (I uchoylik davri) (tajribada qo’llash chegaralangan)

 

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’sir

Boshqa dori preparatlari qabul qilsangiz yoki yaqinda olgan bo‘lsangiz, shifokoringizga yoki farmatsevtingizga xabar bering.

Boshqa dorilar bilan o‘zaro ta’sirning klinik jihatdan muhim ta’’siri tavsiflanmagan.

 

Maxsus ko’rsatmalar

Agar venoz yetishmovchilik alomatlari 2 hafta ichida yaxshilanmasa, shifokoringizga murojaat qilishingiz kerak.

Agar bir necha kunlik davolanishdan keyin o‘tkir gemorroy belgilari saqlanib qolsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.

 

Homiladorlik va laktatsiya davri

Agar siz homilador bo‘lsangiz yoki emizikli bo‘lsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz, ushbu preparatni qo‘’llashdan oldin doktoringizga murojaat qiling.

Homiladorlik

Ushbu preparatni faqat sog’liqni saqlash bo‘yicha mutaxassisning maslahati bilan olish kerak. Agar homiladorlik davolanish davrida yuzaga kelsa, u holda davolanishni davom ettirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi bilanoq, bu haqda shifokorga xabar berish kerak. Hozirga qadar klinik amaliyotda homilador ayollarda preparatni qo‘llashda noj ‘ya ta’sirlar haqida ma’lumotlar bo‘lmagan.

Laktatsiya davri

Faol moddaning ona sutiga kirib borishi haqida ma’lumot mfvjud emasligi sababli, laktatsiya davrida preparatni qabul qilish tavsiya etilmaydi

 

Avtomobilni boshqarish qobiliyatiga va murakkab mexanizmlarga ta’siri

Preparatning avtomobilni boshqarish qobiliyatiga va boshqa mexanizmlarga salbiy ta’siri to’g’risida ma’lumotlar mavjud emas.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborish belgilari tavsiflanmagan.

 

CHiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

15  yoki 18 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folga blisterda.

1, 2, 4  yoki 6 blister qo’llash bo’yicha yo’riqnomasi bilan  karton qutida. 

1 blister 18 tabletkadan  qo’llash bo’yicha yo’riqnomasi bilan  karton qutida

Chiqarilishning barcha shakllari amalga oshirilmaydi

 

YAroqlilik muddati

5 yil. O’ramida ko’rsatilgan yaroqlilik muddati o’tgach ishlatilmasin.

 

Saqlash sharoiti

30°C dan yuqori bo’lmagan haroratda.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.

 

Ro’yxatdan o’tkazilganlik guvohnomasinig egasi

Laboratoriya Innotek Internasional

22, avenyu Aristid Brian, 94110 Arkey, Fransiya

Ishlab chikaquvchi

Innotera SHuzi

Ryu Rene SHantero,  SHuzi-Syur-Sis 41150  Valuar-Syur-Sis, Fransiya

 

Uzbekiston Respublikasi xududida dori vositasining sifatiga va shikoyat (taklif)ga javob beruvchi tashkilot nomi va manzili

“Laboratoriya Innotek Internasional” Uzbekistonda vakolatxonasi

  • YUridik manzili: Toshkent, Fidokor ko’chasi 7A. Tel: 140-43-40, 140-43-41
  • E-mail: uz.innotech@sks.uz