TIBBIYOTDA QO’LLANILISHIGA DOIR YO’RIQNOMA
IDEOS

Preparatning savdo nomi: Ideos

Dori shakli: chaynaladigan tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: kalsiy karbonati 1250 mg, bu 500 mg elementar kaltsiyga mos keladi, kolekaltsiferol (D3 vitamini) 400 XB (10 mkg)

yordamchi moddalar: ksilitol, povidon, magniy stearati, limon aromatizatori, sorbitol.

D3 vitaminining tarkibi: alfa-tokoferol, qisman gidrogenlangan soya moyi, jelatin, saxaroza, makkajo’xori kraxmali.

Limon aromatizatori tarkibi: limon va apelsin efir moylari, liteya cubeda, maltodekstrin, akatsiya kamedi, natriy tsitrati.

Ushbu yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanligi bo’lgan va o’zlashtiraolmaydigan patsientlarga e’tibor berish kerak -“Maxsus ko’rsatmalar” bo’limiga qarang

Ta’rifi: oqdan kulrang-oq ranggacha bo’lgan kvadrat tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: kaltsiy preparatlari boshqa preparatlar bilan majmuada

ATX kodi: A12AX

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Organizmda kalsiy va fosfor almashinuvini (suyak,tish, tirnoq, soch, mushaklarda) boshqaruvchi majmuaviy preparat. D3 vitamini me’da-ichak yo’llaridan kalsiyni so’rilishini va uni suyak to’qimasida bog’lanishini oshiradi. Organizmda kalsiy va D3 vitaminining yetishmovchiligini

o’rnini to’ldirib, suyak to’qimasining rezorbsiyasini (so’rilib ketishini) kamaytiradi va zichligini oshiradi, tishlar mineralizatsiyasi uchun zarurdir. Kalsiy nerv o’tkazuvchanligi, mushak qisqarishlarini boshqarishda ishtirok etadi va qon ivish tizimining komponenti hisoblanadi.

D3 vitamini ichakda kalsiy so’rilishini oshiradi. Kalsiy va D3 vitaminini qo’llash yuqori suyak rezorbsiyasini (suyakdan kalsiyni yuvib chiqarilishi) rag’batlantiruvchisi hisoblangan paratireoid gormonini

(PTG) ishlab chiqarilishini oshishiga to’sqinlik qiladi.

Farmakokinetikasi

Preparatning komponentlarini o’zaro ta’siri bilan bog’liq. D3 vitamini ingichka ichakda so’riladi. Kalsiy ionlangan holda faol D3- vitamininiga bog’liq transport mexanizmi yordamida ichakning proksimal qismida so’riladi.

 

Qo’llanilishi

  • Kalsiy yoki D3 vitamini tanqisligini oldini olish va davolash;
  • Osteoporozni (menopauzal, senil, steroid, idiopatik va boshqa) oldini olish va majmuaviy davolash;
  • Davolashda kartikosteroidlar, sitostatiklar va tirishishiga qarshi preparatlar qo’llaniladigan revmatik kasalligi bo’lgan patsientlarda ikkilamchi osteoporozni oldini olish va davolash.

 

Qo’llash usuli va dozalari

Faqat kattalar uchun!

Davolashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. O’rtacha sutkalik doza, agar shifokorning boshqa ko’rsatmalari bo’lmasa, 2 tabletkani tashkil qiladi (1 tabletkadan ertalab va kechqurun). Tabletkalarni shimish yoki chaynash kerak.

Davolash kursining davolmiyligini kasallikni kechishiga qarab, shifokor belgilaydi.

 

Nojo’ya ta`sirlari

Barcha dorilar singari, ushbu preparat ham nojo’ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin, ammo har bir bemor ularni his qilmaydi.

Ba’zan (100 odamdan 1 tasida kuzatiladi):

— Qon yoki siydikda kaltsiyning yuqori darajasi

 

Kam hollarda (1000 odamdan 1 tasida kuzatiladi):

qabziyat yoki ich ketishi, qorinni dam bo’lishi, qorin og’rig’i, xolsizlik (ko’ngil aynishi)

qichishish, teri toshmalari, eshakemi.

 

Noma’lum (mavjud ma’lumotlarga ko’ra, davriylikni baholash mumkin emas):

Qonda yuqori kaltsiy kontsentratsiyasi (giperkalsiemiya), yuqori qon pH (alkaloz) va buyrak etishmovchiligi bilan bog’liq bo’lgan sut-ishqoriy sindromi, preparatning katta dozalarini qabul qilishda paydo bo’lishi mumkin (qarang:» maxsus ko’rsatmalar va ehtiyot choralari «va «IDEOS preparat miqdorini tavsiya etilganidan ko’ra ko’proq qabul qilganda»)

Jiddiy allergik reaktsiyalar (yuqori sezuvchanlik), masalan, nafas olish qiyinlashishiga olib kelishi mumkin bo’lgan yuz, lablar, til yoki tomoqning shishishi (angionevrotik  yoki laringeal shish)

 

Nojo’ya ta`sirlari xaqida xabarlar

Nojo’ya  ta’sirlar paydo bo’lganda, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Bu ushbu yo’riqnomada ko’rsatilmagan har qanday nojo’ya samaralarga nisbatan qo’llaniladi

Nojo’ya  ta’sirlar haqida to’g’ridan-to’g’ri mamlakatdagi Farmakonadzor bo’yicha milliy tizim orqali xabar berish mumkin. Nojo’ya  ta’sirlar haqidagi xabarlar ushbu preparatning xavfsizligi haqida ko’proq ma’lumot beradi.

 

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar

  • Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • Giperkalsiemiya (qonda kalsiy konsentratsiyasini oshishi);
  • Giperkalsiuriya (siydik bilan kalsiyni ko’p ajralishi) va giperkalsiemiya yoki giperkalsiuriyaga olib keluvchi kasalliklar (masalan, mielom kasalligi, suyakdagi metastazlar, birlamchi giperparatireoz);
  • Siydik-tosh kasalligi (kalsiy toshlarini hosil bo’lishi);
  • Uzoq vaqt immobilizatsiya bilan bog’liq osteoporoz.
  • D gipervitaminozi
  • Buyrak yetishmovchiligi.

Sarkaidozda preparatni qabul qilishda ehtiyotkorlikka

rioya qilish kerak.

 

Dorilarning o’zaro ta’siri

SHifokorga Siz qanday dori preparatlarini qabul qilayotganingiz haqida xabar berish kerak.

Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun boshqa manbalardan D3 vitaminini qo’shimcha tushishini e’tiborga olish kerak. Kalsiy va D3 vitaminini saqlovchi boshqa vitamin majmualari bilan bir vaqtda qo’llash mumkin emas. Fenitoin, barbituratlar, glyukortikosteroidlar D3 vitaminining ta’sirini kamaytiradi. Glyukokortikoidlar kalsiy so’rilishini kamaytiradi.

Xolestiramin, orlistat, surgi vositalari (parafin moyi) D3 vitaminining so’rilishi kamaytiradi. Ideos bifosfonatlar, natriy ftoridining so’rilishini kamaytiradi, shuning uchun ushbu preparatlarni qabul qilish orasidagi interval kamida 2 soat bo’lishi kerak.

Ideos tetratsiklin guruhi antibiotiklarining so’rilishini kamaytiradi, shuning uchun ushbu preparatlarni qabul qilish orasidagi interval kamida 3 soat bo’lishi kerak.

Ideos preparati bilan bir vaqtda qabul qilinganda yurak glikozidlarining toksikligi ortadi. EKG va klinik holatni muntazam nazorat qilish kerak. Estramustin, tireoid gormonlar, stronsiy, temir tuzlari, rux saqlovchi

preparatlar – preparatning biokiraolishliligini 60-70% ga kamayishi xavfi tufayli, Ideos preparati bilan qabul qilish orasidagi interval 2 soat bo’lishi tavsiya qilinadi. Ideos preparatini tiazid diuretiklar bilan qabul qilishda giperkalsiemiya rivojlanishi xavfi ortadi.

Furosemid va boshqa “halqali” diuretiklar kalsiyni buyraklar orqali chiqarilishini oshiradi.

Soyaga yuqori sezuvchanlik, sorbitol va saxarozani o’zlashtiraolmaslikda preparatni qabul qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Agar Sizda qandni o’zlashtiraolmaslik yoki soya yoki yeryong’oqqa allergiya  bo’lsa, Ideos preparatini qo’llash mumkinligi haqida shifokor bilan maslahatlashish uchun murojaat qiling.

 

Maxsus ko’rsatmalar

Davolash davrida kalsiyni siydik bilan chiqarilishi va plazmada kalsiy va kreatinin konsentratsiyasini doimiy nazorat qilish kerak. Sutkada 7,5 mmol dan ortiq kalsiuriya paydo bo’lishi hollarida dozani kamaytirish yoki davolashni to’xtatish kerak.

Keksa yoshli odamlarda kalsiyga bo’lgan ehtiyoj sutkada 1,5 g ni, D3 vitaminiga bo’lgan ehtiyoj 500-1000 XB ni tashkil qiladi.

Sarkoidoz, buyrak yetishmovchiligi yoki anamnezida qandni o’zlashtiraolmaslikda  Ideos  preparatini qo’llashdan oldin shifokorga murojaat qiling.

Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun boshqa manbalardan D3 vitaminini qo’shimcha tushishini e’tiborga olish kerak. Shovul kislotasi (shovul, ismaloq) fosfatlar (kolbasa mahsulotlari, sosiskalar, eritilganpishloq) va fitin kislotasini (yormasi) saqlovchi oziq-ovqat mahsulotlari kalsiyni so’rilishini kamaytiradi, shuning uchun yuqoridagi sanab o’tilgan mahsulotlarni qabul qilingandan keyin 2 soat davomida Ideosni qabul qilish mumkin emas.

Homiladorlik va emizish

Homiladorlikda sutkalik doza sutkada kalsiy 1500 mg va D3 vitamini 600 XB dan oshmasligi kerak.  Homiladorlik vaqtida D3 vitaminining dozasini oshirib yuborilishi bolaning ruhiy va jismoniy rivojlanishini buzilishiga olib kelishi mumkin. Kalsiy va D3 vitamini ona sutiga kiradi.

Transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta’siri

Transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatning salbiy ta’siri haqida ma’lumotlar yo’q.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o’tgach qo’llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishining simptomlari: ko’ngil aynishi, qusish, chanqoqlik, qabziyat, bosh aylanishi, hushdan ketish holatlari, xolsizlik,

giperkalsiuriya, giperkalsiemiya, buyrak yeishmovchiligi, giperkreatinemiya, yurak ritmini buzilishi.

Ortiqcha dozalarni uzoq muddat qo’llanganda, qon tomirlari va to’qimalarning kalsinozi bo’lishi mumkin. Davolash: organizmga ko’p miqdordagi suyuqlikni yuborish, halqali diuretiklarni (masalan, Furosemid), glyukokortikosteroidlar, kalsitonin, bifosfonatlarni

qo’llash.

Dozani oshirib yuborilishi belgilari aniqlangan hollarda, yordam uchun shifokorga murojaat qiling. Dozani oshirib yuborilishining klinik simptomlari rivojlangan hollarda qonda kalsiy va kreatinin miqdorini aniqlash kerak. Qon zardobida kalsiy va kreatinin miqdori oshgan

hollarda davolashni to’xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

 

Chiqarilish shakli

10 yoki 15 tabletkadan tubada.

2, 4, 5, 6, 10, 12 tuba tibbiyotda qo’llanilishiga doir yo’riqnomasi bilan birga qutida.

 

 

Saqlash sharoiti

25ºC dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansimn

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Preparatni yaroqlilik muddati o’tgach qo’llanilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.

 

Ro’yxatdan o’tkazilganlik guvohnomasinig egasi

Laboratoriya Innotek Internatsional

22, avenyu Aristid Brian, 94110 Arkey, Fransiya

Ishlab chikaruvchi

Innotera SHuzi

Ryu Rene Shantero, Shuzi-syur-Sis, Valuar-syur-Sis 41150, Fransiya.

 

Uzbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifatiga bo’yicha e’tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashshkilot nomi va manzili:

“Laboratoriya Innotek Internasional” Uzbekistondagi vakolatxonasi

  • Yuridik manzili: Toshkent, Fidokor ko’chasi 7A.
  • Tel.: 140-43-40, 140-43-41.

E-mail: uz.innotech@sks.uz