TIBBIYOTDA QO’LLANILISHIGA DOIR YO’RIQNOMA
FLYUDITEK

Preparatning savdo nomi: Flyuditek

Ta’sir etuvchi modda (XPN): karbotsistein

Dori shakli: sirop

Tarkibi:

100 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: Karbotsistein 2,0 g

yordamchi moddalar: saxaroza, glitserol, banan xushbo’yi, metilparagidroksibenzoat (E218), sariq shafaq bo’yovchi (E 110), natriy gidrooksidi, tozalangan suv.

Ta’rifi: banan hidli zarg’aldoq rangli tiniq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Nafas yo’llaridagi kasalliklarni davolash  uchun dori vositasi. Yo’talga qarshi va shamollashni davolash uchun dori vositasi. Balg’am ko’chiruvchi, yo’talga qarshi boshqa birikmalardan tashqari. Mukolitik vosita. Karbotsistein

ATX kodi: R05CB03

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Karbotsistein balg’am erituvchi mukolitik vosita ekanligini ifodalaydi. Asosan glikoproteinlarning disulfid bog’lamlarni uzish bilan, gelsimon balg’amga ta’sir ko’rsatadi va balg’am ko’chishiga olib keladi.

Farmakokinetikasi

Karbotsistein ichga qabul qilgandan so’ng tezda so’riladi. Plazmada  maksimal konsentratsiyasiga 2 soatdan so’ng aniqlanadi. Dori vositasi past biofaollika egaligi bilan tavfsiflanadi, 10% dan kam qabul qilingan doza, ehtimol metabolizmi va sezilarli birlamchi jigar metabolizmi bilan bog’liq.

Chiqarilishi:

Organizmdan chiqish vaqti taxminan 2 soat.

Karbotsistein va uning metabolitlari  asosan buyraklar orqali chiqariladi.

 

Qo’llanilishi

2 yoshdan katta bolalarda bronxial suyuqlikni buzilishi, asosan o’tkir bronxial kasalliklarda: o’tkir bronxit va o’tkir krizis surunkali bronxopnevmopatiya davolashda.

 

Qo’llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish uchun.

5 ml o’lchov yozuvigacha to’ldirilgan me’yoriy idishcha, 100 mg karbotsistein saqlaydi.

2 yoshdan to 5 yoshgacha bo’lgan bolalar: kuniga 200 mg, ya’ni 1 me’yoriy idishcha, 5 ml o’lchov yozuvigacha to’ldirib, kuniga 2 marta.

5 yoshdan katta bolalar: kuniga 300 mg, ya’ni 1 me’yoriy idishcha, 5 ml o’lchov yozuvigacha to’ldirib, kuniga 3 marta.

Davolash shifokor maslahatisiz 8-10 kundan ortiq davom etmasligi kerak.

 

Nojo’ya ta’sirlari

CHaqaloqlarda bronxial tiqilish xavfi.

Terida allergik reaksiyalar, qichishish, terida erimatoz toshmalar, urtikariya va angionevrotik shish.

Ayrim xollarda me’dag’ichak tomonidan nojo’ya ta’sirlar (qorin bo’shlig’ida ogriq, ko’ngil aynishi, qusish, diareya.) me’da-ichak qon ketishlari. Terida bullez patologiyasi, ya’ni Stiven-Djons sindromi va multiform eritema  aloxida xolatda uchraganligi qayd etilgan.

 

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar

— karbotsistein yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

— zo’rayish bosqichidagi me’da va o’nikki barmoq ichak yara kasalligi;

— 2 yoshgacha bo’lgan bolalar.

 

Bolalarda qo’llanilishi

FAQAT BOLALAR UCHUN MO’LJALLANGAN (2 yoshdan katta)

FLYUDITEK BOLALAR UCHUN dori vositasi, sirop, 2%, bronxial obstruksiyani og’irlashtirish xavfi bo’lganligi uchun 2 yoshdan kichik bolalarga tavsiya etilmaydi.

 

Maxsus ko’rsatmalar

Bu dori vositasi saxaroza saqlaydi. Fruktoza, glyukoza i galaktoza qabul qila olmaydigan odamlar uchun, hamda, sindrom malabsorbsiya yetishmovchiligi yoki sukraz-izomaltaz kasalligi bilan aziyat chekkan odamlarga man etiladi.

Qandli diabeti bo’lgan bemorlar 5 ml — 3,5 g saxaroza saqlashini e’tiborga olishlari kerak.

Ushbu preparat 5 ml ichida (23mg) 1 mmol natriy kamroq saqlaydi, “natriy saqlamaydiganlar” deb xisoblash mumkin.

Ushbu dori vositasi metilparagidroksibenzoat (E218) saqlaydi, allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin (keyinchalik paydo bo’lish ko’rinishida)

Ushbu dori vositasi sariq shafaq bo’yovchi (E 110) saqlaydi, allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo’llanilishi

Homiladorlik (II va III uch oyliklari) davrida dori vositasi ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Karbotsistein homiladorlik vaqtida faqatgina zarur hollarda qo’llash mumkin.

Ushbu preparatni qo’llash vaqtida emizish ruxsat etiladi.

Avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri

Ta’sir qilmaydi.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Aniqlanmagan.

 

Dorilarning o’zaro ta’siri

Aniqlanmagan.

 

Chiqarilish shakli

Sirop 125 ml dan III turdagi tiniq shisha flakonlarda, Vistop (Vistop) oq rangli polietilen qopqoq yo’pilgan, va polipropilen o’lchov stakanchasi (20 ml) bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

25oС dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

O’ramida ko’rsatilgan yaroqlilik muddati o’tgach qo’llanilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.

 

Ro’yxatdan o’tkazilganlik guvohnomasinig egasi

Laboratoriya Innotek Internasional

22, avenyu Aristid Brian, 94110 Arkey, Fransiya

Ishlab chikaruvchi

Innotera Shuzi

Ryu Rene Shantero, Shuzi-syur-sis, Valuar-syur-Sis, 41150, Fransiya

 

Uzbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifatiga bo’yicha e’tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashshkilot nomi va manzili:

“Laboratoriya Innotek Internasional” Uzbekistondagi vakolatxonasi

  • Yuridik manzili: Toshkent, Fidokor ko’chasi 7A.
  • Tel.: 140-43-40, 140-43-41

E-mail: uz.innotech@sks.uz

Preparatning savdo nomi: Flyuditek

Ta’sir etuvchi modda (XPN): karbotsistein

Dori shakli: sirop

Tarkibi:

100 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: karbotsistein 5,0 g

yordamchi moddalar: saxaroza, glitserol, karamel aromatizatori, metilparagidroksibenzoati (E218), sariq quyosh shafag’i bo’yovchisi (E110), patentlangan ko’k bo’yovchisi V (E131), natriy gidroksidi, tozalangan suv.

Ta’rifi: yashil rangli, karamel hidli tiniq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Respirator tizim kasalliklarini davolash uchun preparatlar. Yo’talga qarshi va shamollashni davolash uchun qo’llanadigan vositalar. Balg’am ko’chiruvchi, yo’talga qarshi boshqa majmualardan tashqari. Mukolitik vosita.

ATX kodi: R05CB03

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakokinetikasi

Karbotsistein ichga qabul qilgandan so’ng tezda so’riladi. Plazmada  maksimal konsentratsiyasiga 2 soatdan so’ng aniqlanadi. Dori vositasi past biofaollika egaligi bilan tavfsiflanadi, 10% dan kam qabul qilingan doza, ehtimol metabolizmi va sezilarli birlamchi jigar metabolizmi bilan bog’liq.

Chiqarilishi

Organizmdan chiqish vaqti taxminan 2 soat.

Karbotsisteni va uning metabolitlari asosan, buyraklar orqali chiqariladi.

Farmakodinamikasi

Karbotsistein balg’am erituvchi mukolitik vosita ekanligini ifodalaydi. Asosan glikoproteinlarning disulfid bog’lamlarni uzish bilan, gelsimon balg’amga ta’sir ko’rsatadi va balg’am ko’chishiga olib keladi.

 

Qo’llanilishi

Ushbu dori preparat kattalar (15 yosh va yuqori) balg’am ko’chishi qiyinlashgan xolatlarda (yo’talda bronxial balg’amni ko’chishining og’irlashuvi), respirator kasalliklarda davolash uchun mo’ljalangan.

 

Qo’llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish uchun.

1 me’yoriy idishcha 15 ml o’lchov belgisigacha, 750 mg karbotsistein saqlaydi.

Kattalar 15 ml dan kuniga 3 marta, yaxshisi ovqatlanish orasida qabul qilish kerak.

Davolash qisqa bo’lmasligi va 5 kundan ko’payib ketmasligi lozim.

 

Nojo’ya ta’sirlari

Terida allergik reaksiyalar, qichishish, terida erimatoz toshmalar, eshakemi va Kvinke shishi.

Terining ayrim joylarida toshmalar ko’ringanligi ayrim xolatlarda qayd etilgan.

Me’da-ichak tomonidan nojo’ya ta’sirlar (qorin bo’shlig’ida og’riq, ko’ngil aynishi, qusish, diareya.) Me’da-ichak qon ketishlari kuzatilishi mumkin.

Terida bullez patologiyasi, ya’ni Stivens-Djonson sindromi va multiform eritema aloxida xolatda uchraganligi qayd etilgan.

 

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar

— karbotsistein yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

— zo’rayish bosqichidagi me’da va o’nikki barmoq ichak yara kasalligi;

— 15 yoshgacha bo’lgan bolalar.

— homiladorlik (I uch oylikda) qo’llash mumkin emas.

 

Maxsus ko’rsatmalar

FAQAT KATTALAR VA 15 YOSHDAN KATTA O’SMIRLAR UCHUN

Bu dori vositasi saxaroza saqlaydi. Fruktoza, glyukoza i galaktoza qabul qila olmaydigan odamlar uchun, hamda, sindrom malabsorbsiya yetishmovchiligi yoki sukraz-izomaltaz kasalligi bilan aziyat chekkan odamlarga man etiladi.

Qandli diabeti bo’lgan bemorlar 15 ml — 5,25 g saxaroza saqlashini e’tiborga olishlari kerak.

Ushbu preparat 15 ml ichida 100 mg natriy saqlaydi, ekvivalent 5% ya’ni BJSST tomonidan tasdiqlangan natriy qabul qilish kunlik dozasi kattalar uchun 2 g tashkil etadi.

Ushbu dori vositasi metilparagidroksibenzoat (E218) saqlaydi, allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin (keyinchalik paydo bo’lish ko’rinishida)

Ushbu dori vositasi sariq shafaq bo’yovchi (E110) saqlaydi, allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo’llanilishi

Homiladorlik (II va III uch oyliklari) davrida dori vositasi ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Karbotsistein homiladorlik vaqtida faqatgina zarur hollarda qo’llash mumkin.

Ushbu preparatni qo’llash vaqtida emizish ruxsat etiladi.

Avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri

Ta’sir qilmaydi.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Aniqlanmagan.

 

Dorilarning o’zaro ta’siri

Aniqlanmagan.

 

Chiqarilish shakli

Sirop 125 ml dan III turdagi tiniq shisha flakonda, Vistop (Vistop) oq rangli polietilen qopqoqchasi yopilgan, va polipropilen o’lchov stakanchasi (20 ml) mavjud.

Sirop 300 ml dan III turdagi tiniq shisha flakonlarda, Vistop (Vistop) oq rangli polietilen qopqoqchasi yopilgan, va polipropilen o’lchov stakanchasi mavjud.

Dorixonalarda barcha xajmdagi chiqarilish shakli bo’lmasligi mumkin

 

Saqlash sharoiti

25oC dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

O’ramida ko’rsatilgan yaroqlilik muddati o’tgach qo’llanilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz beriladi.

Ro’yxatdan o’tkazilganlik guvohnomasinig egasi

Laboratoriya Innotek Internasional

22, avenyu Aristid Brian, 94110 Arkey, Fransiya

Ishlab chikaruvchi

Innotera Shuzi

Ryu Rene Shantero, Shuzi-syur-sis, Valuar-syur-Sis, 41150, Fransiya

 

Uzbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo’yicha e’tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili:

“Laboratoriya Innotek Internasional” Uzbekistonda vakolatxonasi

  • Yuridik manzili: Toshkent, Fidokor ko’chasi 7A.
  • Tel.: 140-43-40, 140-43-41.

E-mail: uz.innotech@sks.uz