Preparatning savdo nomi: Farmateks
Ta’sir etuvchi modda (XPN): benzalkoniy xloridi
Dori shakli: qin kapsulalari
Tarkibi:
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda:
Benzalkoniy xloridining 50% suvli eritmasi 37,8 mg,
bu 18,9 mg benzalkoniy xloridiga mos keladi
Yordamchi moddalar:
dimetikon 1000 1042,2 mg
kolloid kremniy dioksidi 90,0 mg
giproloza 105,0 mg
Makrogol-7-glitserilkokoati 150,0 mg
makrogol 400 75,0 mg
Qobiqning tarkibi:
jelatin 385,25 mg
glitserol 189,75 mg
Ta’rifi: yumshoq, yarim tiniq, och-sariq rangli, oval shaklli kapsulalar. Kapsula ichidagisi – oqdan sarg’ish tusli oq rangligacha bo’lgan emulsiya. Kapsula ichidagisi biroz qavatlarga ajralishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi: Mahalliy qo’llash uchun kontratseptiv vosita.
ATX kodi: G02BB
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Benzalkoniy xloridi bir vaqtda spermitsid va antiseptikdir. Spermitsid ta’siri ta’sir qiluvchi moddaning spermatozoid membranalarini parchalash (avval dumini, so’ngra boshchasini) qobiliyati bilan bog’liq, bu shikastlangan spermatozoid tomonidan tuxum xujayrani urug’lantiraolmasligiga olib keladi. Samarasi qinga yuborilganidan keyin darhol rivojlanadi.
Farmateks preparatini qo’llash homiladorlikni paydo bo’lish xavfini kamaytiradi, lekin butunlay bartaraf etmaydi.
Qinning normal mikroflorasiga (shu jumladan, Doderlyayn tayoqchasiga) ta’sir qilmaydi.
Farmateks xayz davri, libido va ayollar fertil davriga ta’sir ko’rsatmaydi.
In vitro Neisseria gonorrhoeae, Chlamydia spp., Trichomonas vaginalis., Herpes simplex 2 turi, Staphylococcus aureus nisbatan faol. Mycoplasma spp. ga ta’sir ko’rsatmaydi va Gardnella vaginalis, Candida albicans, Haemophilus ducreyi va Treponema pallidum ga kuchsiz ta’sir qiladi.
Farmakokinetikasi
Benzalkoniy xloridi qin shilliq qavatidan so’rilmaydi, oddiy suv bilan yuvilganda bartaraf qilinadi va normal fiziologik ajralmalar bilan chiqariladi.
Qo’llanilishi
Reproduktiv yoshdagi ayollar uchun mahalliy kontratsepsiya, ayniqsa:
-peroral kontratseptivlar va bachadon ichki kontratsepsiyasini qo’llash mumkin bo’lmaganda;
— tug’ruqdan keyingi davrda, laktatsiya davrida, homiladorlikni to’xtatishda,
— menopauzada;
-muntazam bo’lmagan jinsiy aloqalarda;
-qin diafragmasi yoki bachadon ichi spirali qo’llanganida qo’shimcha mahalliy kontratsepsiya sifatida qo’llaniladi, ayniqsa, YAQNDV (Yallig’lanishga qarshi nosteroid dori vositalari) kabi preparatlarini uzoq muddat qo`llanilishida.
-doimiy qo’llaniladigan peroral kontratseptivlarni qabul qilishni o’tkazib yuborish yoki kechikishda qo’shimcha usul sifatida.
Bu holatda xayz davrigacha bo’lgan kun davomida ikki turdagi kontratsepsiyani qo’llash tavsiya etiladi.
Qo’llash usuli va dozalari
Qin ichiga qo’llash uchun.
CHalqancha yotgan holda, kapsulani jinsiy aloqadan 10 minut oldin qinga chuqur yuboriladi. Ta’sir davomiyligi – 4 soat. Har bir takroriy jinsiy aloqadan oldin albatta yangi kapsulani yuborish kerak.
Nojo’ya ta’sirlari
Allergik reaksiyalar, kontakt dermatit, qin va/yoki sherikning jinsiy olatida qichishish va achishish, og’riqli siyish.
Ular paydo bo’lgan hollarda Farmateksni qo’llash to’xtatilsin.
Agar yo’riqnomada ko’rsatilgan nojo’ya samaralar og’irlashsa, yoki Siz yo’riqnomada ko’rsatilmagan har qanday boshqa nojo’ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, vaginit, qin yoki bachadon bo’yni shilliq qavatini yaralanishi va ta’sirlanishida qo’llash mumkin emas.
Dorilarning o’zaro ta’siri
Qin ichiga qo’llaniladigan har qanday dori vositasi preparatning spermitsid ta’sirini pasaytirishi mumkin. Faol modda-benzalkoniy xlorid sovun ta’sirida parchalanadi, shuning uchun xattoki kam miqdorda bo’lsa ham jinsiy a’zolarni tozalash uchun sovundan foydalanish ta’qiqlanadi.
Maxsus ko’rsatmalar
Farmateks homiladorlikdan saqlanish uchun samarali preparatdir, agar preparat to’g’ri qo’llanilsa. Biroq, spermitsid mahalliy kontratsepsiyasi doim gormonal kontratsepsiyasi, bachadon ichki kontratsepsiyasi, qin diafragmasi, servikal qopqog’i yoki prezervativlarga nisbatan doim samarasiz.
Jinsiy aloqadan 2 soat oldin va keyin jinsiy a’zolarni tozalash uchun sovundan foydalanish ta’qiqlanadi, chunki sovun Farmateksning ta’sir qiluvchi moddasini parchalaydi.
Jinsiy aloqadan keyin tashqi jinsiy a’zolarni faqat toza suv bilan tozalash mumkin. Jinsiy aloqadan 2 soatdan keyin qinni tozalash mumkin.
Qinga yuborilgan Farmateksning kontratseptiv ta’sirini pasayishi xavfi sababli, vanna qabul qilish, dengizda, basseynda va suv xavzalarida cho’milish mumkin emas.
Qin kasalliklarini davolashda qin dori vositalari bilan davolash to’xtamagunigacha Farmateksni qo’llashni vaqtincha to’xtatish kerak.
Bu kontratsepsiya usuli jinsiy aloqa yo’li bilan o’tadigan yoki Odam immun tanqisligi virusi sabab bo’lgan infeksiyalardan himoya qilmaydi. Ushbu kasallliklardan faqat to’siqli kontratseptiv usuli –prezervativ mavjud.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo`llanilishi
Preparat kontratseptiv vosita hisoblanadi, homiladorlik vaqtida qo’llanmaydi. Homiladorlik vaqtida bu spermitsidni tasodifan qo’llanganda, homilaga xech qanday salbiy ta’sirlar aniqlanmagan.
Onaning sutiga kirib borishi juda kam miqdorda ma’lum salbiy ta’sirlar ko’rsatmasdan amalga oshirilishi mumkin. Preparatni laktatsiya davrida qo’llash mumkin.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatning salbiy ta’siri to’g’risida ma’lumotlar yo’q.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi hollari aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Qin kapsulalari 18,9 mg.
6 kapsuladan PVX/alyumin blisterda.
1 yoki 2 blister qo’llash bo’yicha yo’riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oC dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati o’tgach qo’llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Laboratoriya Innotek Internasional
22, avenyu Aristid Brian, 94110 Arkey, Fransiya
Ishlab chiqarilgan: Innotera SHuzi
Ryu Rene SHantero SHuzi-syur-Sis 41150, Valuar-syur-Sis, Fransiya
O’zbekiston Respublikasi xududida dori vositasining sifatiga va shikoyat (taklif)ga javob beruvchi tashkilot nomi va manzili
“Laboratoriya Innotek Internasional” O’zbekistondagi vakolatxonasi
E-mail: uz.innotech@sks.uz
Savdo nomi: FARMATEKS
Ta’sir etuvchi modda (XPN): Benzalkoniy xloridi
Dori shakli: Qin kremi
Tarkibi:
100 g kremda
Faol modda:
2,4 g benzalkoniy xloridining 50% eritmasi, bu 1,2 g benzalkoniy xloridiga muvofiq keladi;
YOrdamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, makrogol va etilenglikol palmitostearati (TefozÒ 63), lavanda moyi essensiyasi, natriy gidrogenofosfat dodekagidrati, tozalangan suv.
Ta’rifi:
Lavanda hidiga ega oq bir xil krem
Farmakoterapevtik guruhi
Ginekologik kasalliklarni davolashda boshqa dori vositalari. Mahalliy qo’llash uchun kontratseptivlar. Intravaginal kontratseptivlar
ATX kodi: G02VV
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Benzalkoniy xloridi bir vaqtda spermitsid va antiseptikdir Spermitsid ta’siri ta’sir qiluvchi moddaning spermatozoid membranalarini parchalash (avval dumini, so’ngra boshchasini) qobiliyati bilan bog’liq, bu shikastlangan spermatozoid tomonidan tuxum xujayrani urug’lantiraolmasligiga olib keladi. Samarasi qinga yuborilganidan keyin darhol rivojlanadi.
Farmateks preparatini qo’llash homiladorlikni paydo bo’lish xavfini kamaytiradi, lekin butunlay bartaraf etmaydi.
Qinning normal mikroflorasiga (shu jumladan, Doderlyayn tayoqchasiga) ta’sir qilmaydi.
Farmateks xayz davri, libido va ayollar fertil davriga ta’sir ko’rsatmaydi.
In vitro Neisseria gonorrhoeae, Chlamydia spp., Trichomonas vaginalis., Herpes simplex 2 turi, Staphylococcus aureus nisbatan faol. Mycoplasma spp. ga ta’sir ko’rsatmaydi va Gardnella vaginalis, Candida albicans, Haemophilus ducreyi va Treponema pallidum ga kuchsiz ta’sir qiladi.
Farmakokinetikasi
Benzalkoniy xloridi qin shilliq qavatidan so’rilmaydi, oddiy suv bilan yuvilganda bartaraf qilinadi va normal fiziologik ajralmalar bilan chiqariladi.
Qo’llanilishi
Reproduktiv yoshdagi ayollar uchun mahalliy kontratsepsiya, ayniqsa:
-peroral kontratseptivlar va bachadon ichki kontratsepsiyasini qo’llash mumkin bo’lmaganda;
— tug’ruqdan keyingi davrda, laktatsiya davrida, homiladorlikni to’xtatishda,
— menopauzadan oldingi davrda;
-muntazam bo’lmagan jinsiy aloqalarda;
-qin diafragmasi yoki bachadon ichi spirali qo’llanganida qo’shimcha mahalliy kontratsepsiya sifatida qo’llaniladi, ayniqsa uzoq vaqt nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar qo’llanilganda
-doimiy qo’llaniladigan peroral kontratseptivlarni qabul qilishni o’tkazib yuborish yoki kechikishda. Bu holatda xayz davrigacha bo’lgan kun davomida ikki turdagi kontratsepsiyani qo’llash tavsiya etiladi.
Qo’llash usuli va dozalari
Vaginal qo’llash uchun.
Dozatorni tubaga qopqoqning o’rniga o’rnating. Tubani ichidagisini sekin bosib dozator to’lgunicha (porshenning oxirigacha) shunday chiqarish kerakki, bunda havo pufakchalarni hosil bo’lmasligi kerak. Dozatorni tyubikdan yechib oling. Tubani qopqoqcha bilan yoping.
CHalqancha yotgan holda, kremni dozator yordamida asta-sekin porshenga bosib qinga chuqur kiritish kerak. Ta’sir davomiyligi — 10 soat. Har bir qayta jinsiy aloqa oldidan albatta kremning yangi porsiyasini kiritish kerak.
Bir doza (5 g krem) bir jinsiy aloqaga mo’ljallangan.
Nojo’ya ta’sirlari
Allergik reaksiyalar, kontakt dermatit, qin va/yoki sherikning jinsiy olatida qichishish va achishish, og’riqli siyish.
Ular paydo bo’lgan hollarda Farmateksni qo’llash to’xtatilsin.
Agar yo’riqnomada ko’rsatilgan har qanday nojo’ya samaralar og’irlashsa, yoki Siz yo’riqnomada ko’rsatilmagan har qanday boshqa nojo’ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, vaginit, qin va bachadon bo’yni shilliq qavatini yaralanishi va ta’sirlanishi.
Dorilarning o’zaro ta’siri
Qin ichiga qo’llaniladigan har qanday dori vositasi preparatning spermitsid ta’sirini pasaytirishi mumkin. Faol modda — benzalkoniy xlorid sovun ta’sirida parchalanadi, shuning uchun xattoki kam miqdorda bo’lsa ham jinsiy a’zolarni tozalash uchun sovundan foydalanish ta’qiqlanadi
Maxsus ko’rsatmalar
Farmateks homiladorlikdan saqlanish uchun samarali preparatdir, agar preparat to’g’ri qo’llanilsa. Biroq, spermitsid mahalliy kontratsepsiyasi doim gormonal kontratsepsiyasi, bachadon ichki kontratsepsiyasi, qin diafragmasi, servikal qopqog’i yoki prezervativlarga nisbatan doim samarasiz.
Jinsiy aloqadan 2 soat oldin va keyin jinsiy a’zolarni tozalash uchun sovundan foydalanish ta’qiqlanadi, chunki sovun Farmateksning ta’sir qiluvchi moddasini parchalaydi.
Jinsiy aloqadan keyin tashqi jinsiy a’zolarni faqat toza suv bilan tozalash mumkin. Jinsiy aloqadan 2 soatdan keyin qinni tozalash mumkin.
Qinga yuborilgan Farmateksning kontratseptiv ta’sirini pasayishi xavfi sababli, vanna qabul qilish, dengizda, basseynda va suv xavzalarida cho’milish mumkin emas.
Qin kasalliklarini davolashda qin dori vositalari bilan davolash to’xtamagunigacha Farmateksni qo’llashni vaqtincha to’xtatish kerak.
Bu kontratsepsiya usuli jinsiy aloqa yo’li bilan o’tadigan yoki Odam immun tanqisligi virusi sabab bo’lgan infeksiyalardan himoya qilmaydi. Ushbu kasallliklardan faqat to’siqli kontratseptiv usuli –prezervativ mavjud.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo`llanilishi
Homiladorlik
Preparat kontratseptiv vosita hisoblanadi, homiladorlik vaqtida qo’llanmaydi. Homiladorlik vaqtida bu spermitsidni tasodifan qo’llanganda, homilaga xech qanday salbiy ta’sirlar aniqlanmagan.
Laktatsiya davri
Onaning sutiga kirib borishi juda kam miqdorda ma’lum salbiy ta’sirlar ko’rsatmasdan amalga oshirilishi mumkin. Preparatni laktatsiya davrida qo’llash mumkin . Ona suti bilan ajralmaydi, laktatsiya davrida qo’llash mumkin.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatning salbiy ta’siri to’g’risida ma’lumotlar yo’q.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi hollari aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Qin kremi 1,2%
72 g dan krem membranali va membranani teshish uchun peforatorli yuqori zichlikdagi polietilendan buraladigan qopqoqli alyuminiy tubalarda. Tuba ichidan himoyalovchi epoksifenol lak bilan qoplangan. Bir tuba qo’llash bo’yicha yo’riqnomasi va past zichlikdagi polietilendan dozator bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
YAroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Laboratoriya Innotek Internasional
22, avenyu Aristid Brian, 94110 Arkey, Fransiya
Ishlab chiqarilgan: Innotera SHuzi
Ryu Rene SHantero SHuzi-syur-Sis 41150, Valuar-syur-Sis, Fransiya
Uzbekiston Respublikasi xududida dori vositasining sifatiga va shikoyat (taklif)ga javob beruvchi tashkilot nomi va manzili
“Laboratoriya Innotek Internasional” Uzbekistonda vakolatxonasi
E-mail: uz.innotech@sks.uz
Preparatning savdo nomi: Farmateks
Ta’sir etuvchi modda (XPN): Benzalkoniy xloridi
Dori shakli: Qin suppozitoriylari
Tarkibi:
1 suppozitoriy saqlaydi
Faol modda — 37,8 mg benzalkoniy xloridining 50% suvli eritmasi, bu 18,9 mg benzalkoniy xloridiga mos keladi
YOrdamchi moddalar:Giproloza, Witepsol S 51 qattiq yog’i
Ta’rifi: Oq rangli, silindrik shaklli, oxiri konussimon suppozitoriylar.
Farmakoterapevtik guruhi: Ginekologik kasalliklarni davolashda boshqa dori vositalari. Mahalliy qo’llash uchun kontratseptivlar. Intravaginal kontratseptivlar.
ATX kodi: G02BB
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Benzalkoniy xloridi bir vaktning o’zida spermitsid va antiseptik vosita xisoblanadi. Faol modda spermatozoidlarning membranasini parchalaydi. Spermatozoidlarning parchalanishi ikki bosqichda kechadi: dastlab dumini, so’ngra boshchasini, bu shikastlangan spermatozoid tomonidan tuxum xujayrani uro’g’lanish imkonini yo’q bo’lishiga olib keladi.
Usulning samaradorligi qo’llanish bo’yicha tavsiyalarni to’liq va aniq rioya etilishiga bog’lik.
Qinning saprofit florasi kontratseptivlar ta’sirida o’zgarmaydi — Farmateks laktobatsillar (Doderlyayn tayoqchasiga) miqdoriga ta’sir qilmaydi.
Farmateks gormonal preparati emas va xayz davri, libido va ayollar fertil davriga ta’sir ko’rsatmaydi.
Benzalkoniy xloridi antiseptik ta’siriga ham ega:
In vitro sharoitida, preparat jinsiy yo’li bilan o’tadigan kasalliklarga nisbatan faol, ayniqsa: Neisseria gonorrhoeae, Chlamydia spp., Trichomonas vaginalis, Herpes simplex 2 tipi, Staphylococcus aureus. Mycoplasma spp. ga ta’sir qilmaydi va Gardnerella vaginalis, Candida albicans, Haemophilus ducreyi va Treponema pallidum ga sust ta’sir qiladi.
Profilaktik sifatida foydalanish to’g’risida ma’lumotlar yo’q.
Farmakokinetikasi
Benzalkoniy xloridi qin shilliq qavatidan so’rilmaydi, oddiy suv bilan yuvilganda bartaraf qilinadi va normal fiziologik ajralmalar bilan chiqariladi.
Qo’llanilishi
Reproduktiv yoshdagi ayollar uchun mahalliy kontratsepsiya, ayniqsa:
-peroral kontratseptivlar va bachadon ichki kontratsepsiyasini qo’llash mumkin bo’lmaganda;
— tug’ruqdan keyingi davrda, laktatsiya davrida, homiladorlikni to’xtatishda,
— menopauzada;
-muntazam bo’lmagan jinsiy aloqalarda;
-qin diafragmasi yoki bachadon ichi spirali qo’llanganida qo’shimcha mahalliy kontratsepsiya sifatida qo’llaniladi.
-doimiy qo’llaniladigan peroral kontratseptivlarni qabul qilishni o’tkazib yuborish yoki kechikishda. Bu holatda xayz davrigacha bo’lgan kun davomida ikki turdagi kontratsepsiyani qo’llash tavsiya etiladi.
Qo’llash usuli va dozalari
Qin ichiga qo’llash uchun.
CHalqancha yotgan holda, suppozitoriyni jinsiy aloqadan 5 minut oldin qinga chuqur yuboriladi. Ta’sirining davomiyligi – 4 soat. Har bir takror jinsiy aloqadan oldin albatta yangi kapsulani yuborish kerak.
Nojo’ya ta’sirlari
-Allergik reaksiyalar, kontakt dermatit, qin va/yoki sherigining jinsiy olatida qichishish va achishish, og’riqli siyish.
-Ular paydo bo’lishi hollarida Farmateksni qo’llashni to’xtatilsin.
Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar
-preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik
-kolpit, vaginit
-qin yoki bachadon bo’yni shilliq qavatini yaralanishi va ta’sirlanishida
-ruxiy kasalliklar bilan og’rigan odamlarda yoki kontratseptiv vositalardan foydalanishga to’sqinlik qiladigan jinsiy a’zolarda aralashuvlarga yo’l qo’ymagan shaxslarda
Dorilarning o’zaro ta’siri
Qin ichiga qo’llaniladigan har qanday dori vositasi preparatning spermitsid ta’sirini pasaytirishi mumkin. Faol modda — benzalkoniy xlorid sovun ta’sirida parchalanadi, shuning uchun xattoki kam miqdorda bo’lsa ham jinsiy a’zolarni tozalash uchun sovundan foydalanish ta’qiqlanadi.
Maxsus ko’rsatmalar
Farmateks homiladorlikdan saqlanish uchun samarali preparatdir, agar preparat to’g’ri qo’llanilsa. Biroq, spermitsid mahalliy kontratsepsiyasi doim gormonal kontratsepsiyasi, bachadon ichki kontratsepsiyasi, qin diafragmasi, servikal qopqog’i yoki prezervativlarga nisbatan doim samarasiz.
Kontratsepsiyaning samaradorligi preparatni to’g’ri qo’llashga bog’liq.
Bu kontratsepsiya usuli jinsiy aloqa yo’li bilan o’tadigan yoki Odam immun tanqisligi virusi sabab bo’lgan infeksiyalardan himoya qilmaydi. Ushbu kasallliklardan faqat to’siqli kontratseptiv usuli –prezervativ mavjud.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Preparat kontratseptiv vosita hisoblanadi, homiladorlik vaqtida qo’llanmaydi. Homiladorlik vaqtida bu spermitsidni tasodifan qo’llanganda, homilaga xech qanday salbiy ta’sirlar aniqlanmagan.
Onaning sutiga kirib borishi juda kam miqdorda ma’lum salbiy ta’sirlar ko’rsatmasdan amalga oshirilishi mumkin. Preparatni laktatsiya davrida qo’llash mumkin.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Ta’siri yo’q.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshrib yuborilishi hollari aniqlanmagan.
CHiqarilish shakli
Qin suppozitoriylari.
5 suppozitoriydan quyi zichlikka ega polietilen bilan qoplangan PVX plyonka stripda.
1 yoki 2 strip qo’llash bo’yicha yo’riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oC dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin
YAroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Laboratoriya Innotek Internasional
22, avenyu Aristid Brian, 94110 Arkey, Fransiya
Ishlab chikaquvchi:
Innotera SHuzi
Ryu Rene SHantero, SHuzi-Syur-Sis 41150 Valuar-syur-Sis, Fransiya
Uzbekiston Respublikasi xududida dori vositasining sifatiga va shikoyat (taklif)ga javob beruvchi tashkilot nomi va manzili
“Laboratoriya Innotek Internasional” Uzbekistonda vakolatxonasi
E-mail: uz.innotech@sks.uz
TIBBIYOTDA QO’LLASNILISHIGA DOIR YO’RIQNOMA
FARMATEKS
Preparatning savdo nomi: Farmateks
Ta’sir etuvchi modda (XPN): miristalkoniy xloridi
Dori shakli: qin tabletkalari.
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda:
Miristalkoniy xloridi ……………………. 20,0 mg
YOrdamchi moddalar:
natriy gidrokarbonati …………………….110,0 mg
limon kislotasi ………………………………..96,0 mg
kolloid kremniy dioksid …………………..12,0 mg
mikrokristall sellyuloza …………………172,0 mg
magniy stearati …………………………………….5,3 mg
laktoza monogidrati ………………………….363,0 mg
makrogol 6000 ……………………………………..20,7 mg
Ta’rifi: oq, dumaloq hidsiz, markazida teshigi bo’lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: mahalliy qo’llash uchun kontratseptiv vosita.
ATX kodi: G02BB.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Miristalkoniy xloridi bir vaqtning o’zida spermitsid va antiseptik vosita hisoblanadi. Spermitsid ta’siri ta’sir etuvchi moddaning spermatozoidlarning membranasini parchalashi (dastlab dumini, so’ngra boshchasini) bilan bog’liq, bu shikastlangan spermatozoid tomonidan tuxum xujayrani urug’lanish imkonini yo’q bo’lishiga olib keladi. Samarasi qinga yuborilgandan keyin 10 minut o’tgach rivojlanadi.
Farmateksni qo’llash homilador bo’lish xavfini ahamiyatli darajada kamaytiradi, ammo uni to’liq bartaraf qilmaydi.
In vitro sharoitida Neisseria gonorrhoeae, Chlamydia spp., Trichomonas vaginalis, Herpes simplex 2 tipi, Staphylococcus aureus ga nisbatan faol. Mycoplasma spp. ga ta’sir qilmaydi va Gardnerella vaginalis, Candida albicans, Haemophilus ducreyi va Treponema pallidum ga sust ta’sir qiladi.
Qinning normal mikroflorasiga (shu jumladan Doderlyayn tayoqchasiga) va hayz ko’rish sikliga ta’sir qilmaydi.
Farmakokinetikasi
Miristalkoniy xloridi qin shilliq qavatidan so’rilmaydi, normal fiziologik ajralmalar bilan chiqariladi yoki suv bilan oddiy yuvish orqali yo’qotiladi.
Qo’llanilishi
Reproduktiv yoshdagi ayollar uchun (shu jumladan peroral kontratseptivlarni yoki bachadon ichki kontratsepsiya qo’llashga qarshi ko’rsatma bo’lganida; tug’ruqdan keyingi davrda, emizish davrida; homiladorlik to’xtatilgandan keyin; menopauzadan oldingi davrda; nomuntazam jinsiy aloqada; peroral kontratseptivlarni muntazam ishlatishda o’tkazib yuborilgan yoki qabul qilish kechikilgan holda) mahalliy kontratsepsiyada qo’llanadi.
Qin diafragmasini yoki bachadon ichki kontratsepsiya ishlatilganida qo’shimcha mahalliy kontratsepsiya sifatida qo’llanadi.
Qo’llash usuli va dozalari
Qinga qo’llash uchun.
To’liq erishi uchun suv bilan xo’llangan tabletka yotgan holatda qinga chuqur qilib, jinsiy aloqadan 10 minut oldin yuboriladi. Ta’sir davomiyligi – 3 soatni tashkil etadi. Har bir qayta jinsiy aloqadan oldin albatta yangi tabletkani yuborish kerak.
Nojo’ya ta’sirlari
Allergik reaksiyalar, kontakt dermatit, qinda va/yoki sherikning jinsiy a’zosida qichishish va achishish, og’riqli siyish.
Ular paydo bo’lgan hollarda Farmateks preparatini qo’llashni to’xtatish kerak.
Agar yo’riqnomada keltirilgan nojo’ya samaralardan birontasi chuqurlashsa yoki Siz yo’riqnomada ko’rsatilmagan har qanday boshqa nojo’ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, vaginit, qin va bachadon bo’yni shilliq qavatini yaralanishi va ta’sirlanishida qo’llash mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi belgilari ta’riflanmangan.
Dorilarning o’zaro ta’siri
Qinga yuborilgan har qanday dori vositasi preparatning spermatsid ta’sirini kamaytirishi mumkin. Yod eritmalari (shu jumladan yodonatning 0,1% li eritmasi) preparatni faolsizlantiradi.
Maxsus ko’rsatmalar
Kontratsepsiyaning samaradorligi preparatni to’g’ri ishlatishga bog’liq.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo’llanilishi
Preparat kontratseptiv vosita hisoblanadi, homiladorlik vaqtida qo’llanmaydi.
Miristalkoniy xloridi kontratsepsiyasi fonida homiladorlik aniqlansa, homiladorlikni kechishiga ta’siri aniqlanmagan. Ko’krak suti bilan chiqarilmaydi, emizish davrida qo’llash mumkin.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatning salbiy ta’siri to’g’risida ma’lumotlar yo’q.
CHiqarilish shakli
Qin tabletkalari 20,0 mg
12 tabletkadan silikagelli polietilen tiqin bilan berkitilgan polipropilen tubada. 1 tuba qo’llash bo’yicha yo’riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oC dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
YAroqlilik muddati
3 yil. Yaroqlilik muddati o’tgach qo’llanilmasin
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Laboratoriya Innotek Internasional
22, avenyu Aristid Brian, 94110 Arkey, Fransiya
Ishlab chiqarilgan: Innotera SHuzi
Ryu Rene SHantero SHuzi-syur-Sis 41150, Valuar-syur-Sis, Fransiya
Uzbekiston Respublikasi xududida dori vositasining sifatiga va shikoyat (taklif)ga javob beruvchi tashkilot nomi va manzili
“Laboratoriya Innotek Internasional” Uzbekistonda vakolatxonasi
Sayt egasi www.innotech.uz "Laboratoroire Innotech International" vakolatxonasi uning mazmuni uchun to'liq javobgardir. Sayt O'zbekistondagi jismoniy va yuridik shaxslarga qaratilgan. Saytdagi ma'lumotlar mos yozuvlar xususiyatiga ega va uni tibbiy mutaxassisning maslahati deb hisoblash yoki almashtirish mumkin emas. Batafsil ma'lumot uchun mutaxassisga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.
Oxirgi yangilangan: 2023-yil 20-iyul