TIBBIYOTDA QO’LLANILISHIGA DOIR YO’RIQNOMA
SIMPATIL

Preparatning savdo nomi: Simpatil

Chiqarilish shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

Eshsholsiyaning quruq ekstrakti        20,0 mg

Do’lananing quruq ekstrakti              75,0 mg

Magniy oksidi                                    124,35 mg bu 75,0 mg elementar magniyga ekvivalent

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza – 122,0 mg; natriy karboksimetilkraxmali – 15,0 mg; mikronlangan stearin kislotasi – 3,65 mg

plyonka qobiqning tarkibi:

Himoyalovchi glazuri 2,0 mg; gummilak – 1,554 mg, povidon – 0,223 mg, glitserol monoatsetati – 0,223 mg;

Bo’yalgan kukun 13,0 mg: gipromelloza – 7,150 mg, titan dioksidi (E171) – 3,704 mg, makrogol 6000 – 1,788 mg, indigokarmin (E 132) – 0,344 mg, azorubin (E 122) – 0,013 mg, temir II oksidi (E 172) – 0,001 mg, talk juda oz miqdorda.

Ta’rifi: dumaloq shaklli, ikki tomoni qavariq, moviy rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Farmakoterapevtik guruhi: sedativ vosita.

ATX kodi: N05CM

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparat sedativ ta’sir ko’rsatadi, xavotirlik xolati va u bilan bog’liq bo’lgan vegetativ buzilishlar, taxikardiya va uyquning buzilishlarini bartaraf qiladi. Do’lana ekstraktidagi biologik faol moddlar – uchterpen birikmalari va flavonoidlar spazmolitik ta’sir ko’rsatadi, yurak va miya tomirlarini tanlab kengaytirib, markaziy nerv tizimi va miokardning qo’zg’aluvchanligini pasaytiradi. Eshsholsiya ekstrakti anksiolitik, sedativ ta’sir ko’rsatadi, uyquga ketish vaqtini qisqartiradi va dissomniyaning yengil shakllarida uyquning sifatini yaxshilaydi. Eshsholsiya alkoloidlarining protopin guruh in vitro gamma-aminomoy kislotasini miyaning unga sezgir bo’lgan retseptorlari bilan bog’lanishni oshiradi.

Magniy natriy va kaliy ionlarining membranalar orqali almashinuvining boshqarilishini yaxshilaydi, kalsiy ionlarining antagonisti hisoblanadi, neyromushak sinapslar bo’ylab qo’zg’aluvchanlikni o’tishi, silliq va ko’ndalang targ’il mushaklarning qisqarish qobiyatini pasaytiradi; shuningdek neyrosedativ, spazmolitik va anksiolitik ta’sir ko’rsatdi. Farmakokinetikasi

Me’dada magniy oksidi magniy xloridiga aylanadi, va ingichka ichakda passiv so’rilish mexanizmi yordamida so’riladi, so’rilish darajasi 50% dan oshmaydi. Magniy asosan siydik bilan chiqariladi. Komponentlarining ta’siri kinetik kuzatishlar uchun murakkabdir.

 

Qo’llanilishi

— yuqori ko’zg’aluvchanlik, bezovtalik, yuqori ta’sirchanlik, xavotirlik, qo’rquv, kuchli toliqish, yurak urishi bilan kechuvchi emotsional zo’riqish va stress holatlari;

— uyquni buzilishi (yengil shakli).

 

Qo’llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish uchun.

2 tabletkadan kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun) ovqatdan oldin, suv bilan qabul qilinadi. Davolashning davomiyligi 3-4 hafta. Davolash kurslari orasidagi interval 3 hafta.

 

Nojo’ya ta’sirlari

Me’da-ichak yo’llari tomonidan: diareya, epigastral sohada og’riq kuzatilishi mumkin. Agar yo’riqnomada ko’rsatilgan nojo’ya samaralaridan birortasi og’irlashsa yoki Siz yo’riqnomada ko’rsatilmagan har qanday boshqa nojo’ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

 

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, og’ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30 ml/min dan past), 18 yoshgacha bo’lganlarda qo’llash mumkin emas.

 

Dorilarning o’zaro ta’siri

Preparatni xinidin saqlovchi dori vositalari bilan birga qo’llash tavsiya qilinmaydi, chunki siydikni ishqorlanishi sababli xinidinni buyraklar orqali chiqarilishi pasayadi va dozani oshirib yuborilishi rivojlanishi mumkin (qon plazmasida xinidinning konsentratsiyasini oshishi sababli).

 

Maxsus ko’rsatmalar

Homiladorlik va emizish davrida qo’llanishi

Homiladorlik va emizish davrida qo’llash tavsiya etilmaydi.

Transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta’siri

Davolash vaqtida diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensail xavfli faoliyat turlarini (transport vositalarini boshqarish, harakatlanayotgan mexanizmlar bilan ishlash va boshqa.) bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatni katta dozalarda qabul qilish siydik tutilishiga olib kelishi mumkin.

Davolash: regidratatsiya, jadallashtirilgan diurez. Buyrak yetishmovchiligi bo’lgan holda gemodializ yoki peritoneal dializ o’tkazish kerak.

 

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

20 tabletkadan PVX/alyumin blisterda. 2 yoki 3 blisterdan tibbiyotda qo’llanilishiga doir yo’riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

25°C dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

O’ramda ko’rsatilgan muddatdan so’ng ishlatilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.

 

Qayd etish guvohnomasining egasi

Laboratoriya Innotek Internasional, Fransiya

22, avenyu Aristid Brian, 94110, Arkey

 

 

Ishlab chiqaruvchi

Innotera SHuzi,

Ryu Rene SHantero, SHuzi-syur-Sis,

Valuar-syur-Sis 41150, Fransiya.

 

Ozbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati boyicha etirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili:

“Laboratoriya Innotek Internasional” O’zbekistondagi vakolatxonasi:

Yuridik manzili: Toshkent sh., Fidokor ko’ch. 7A

Tel.: 140-43-40; 140-43-41.

E-mail: uz.innotech@ sks.uz