Preparatning savdo nomi: Dermobakter
Dori shakli: sirtga va mahalliy qo’llash uchun eritma.
Tarkibi:
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
Faol moddalar: benzolkoniy xloridini 50% li eritmasi 985 mg, bu 500 mg benzalkoniy xloridga mos keladi, xlorgeksidin diglyukonati 20% li eritmasi 1065 mg, bu 200 mg xlorgeksidin diglyukonatga t mos keladi.
YOrdamchi moddalar: betain kokoalkildimetil 30% li eritmasi, poloksamer 188, gidroksietilsellyuloza, limon kislotasi monogidrati, natriy sitrati, tozalangan suv.
Ta’rifi: biroz yopishqoq, chayqatilganida ko’piradigan, efir hidiga ega tiniq, rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: antiseptik vosita.
ATX kodi: D08AC52
Farmakologik xususiyatlari
Benzalkoniy xloridi va xlorgeksidin keng ta’sir doirasiga ega antiseptik bo’lib, grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga bakteritsid ta’sir ko’rsatadi, patogen zamburug’larga, shu jumladan Candida albicans turidagi achitqisimonlarga fungitsid ta’sir ko’rsatadi. Antiseptik ta’siri 1 minut davomida namoyon bo’ladi. Yallig’lanishda ajraladigan shirada preparatning faolligi kam darajada pasayadi. Dermobakter teri qoplamlarini butunligini buzmasdan terini tozalaydi va dezinfeksiyalaydi, teri yuzasidan deyarli so’rilmaydi.
Qo’llanilishi
Infeksiyalangan teri yoki shilliq pardalarni shikastlanishlarini, teri yoki shilliq pardalarini (yoki xavfli infeksiyalanishini) tozalash yoki davolashda mahalliy yoki sirtga qo’llaniladi.
Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar
— Preparat tarkibiga kiruvchi faol va yordamchi moddalarga allergik ta’sirlarda.
— Ko’z va eshitish yo’lini shilliq qavatini yuvish uchun ishlatilmasin.
— Xirurgik asboblar va moslamalarini dezinfeksiyasi uchun qo’llanmasin.
Agarda sizga ma’lumotlar noaniq bo’lsa, albatta shifokor yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing.
Qo’llash usuli va dozalari
Sirtga qo’llash uchun.
Eritma suyultirilgan yoki suyultirilmagan holda kuniga 1-2 marta qo’llaniladi.
Teri yuzasiga ishlov berish uchun suyultirilmagan eritma ishlatiladi.
SHilliq qavatlarga mahalliy ishlov berish uchun suvda 1/10 nisbatida suyultirilgan eritma qo’llanadi. Suyultirilgan eritma bevosita qo’llash oldidan tayyorlanadi va saqlanmasligi kerak.
Eritma qo’llanilgandan so’ng doim ko’p miqdordagi suv bilan yaxshilab yuviladi.
Nojo’ya ta’sirlari
Har qanday boshqa preparatlar singari bu preparat xam barcha bemorlarda bo’lmasa ham nojo’ya tasirga ega. Oraliq noma’lum (mavjud ma’lumotlarga ko’ra baholash mumkin emas)
— CHaqaloqlarda kimyoviy kuyishlar
— Yuz, lablar, til yoki tomoqning shishishi, xirillash yoki nafas olish qiyinlashishi kabi xlorgeksidinga hayot uchun xavfli allergik reaktsiyalar; qo’llanilgan joydan nariroqdagi teri qatlamida to’satdan boshlanadigan qizil teri toshmalari qichishish bilan; hushni yo’qotish yoki bosh aylanishi ).
Agar bu reaktsiyalardan biri boshlansa , Dermobakter qo’llashni to’xtatishingiz zarur va darhol shifokor bilan maslahatlashishingiz tavsiya etiladi.
O’z shifokoringiz va farmatsevtingizdan ushbu yo’riqnomada bo’lgan va bo’lmagan har qanday noxush yoki nojo’ya ko’rinishlar to’g’risida xabardor qiling va maslaxat so’rang.
Dorilarning o’zaro ta’siri
Boshqa mahalliy antiseptiklar bilan bir vaqtda qo’llash mumkin emas (nomutanosiblik yoki samarasizlik xavfi). Agar avval sovun ishlatilgan bo’lsa, u yaxshilab yuvib tashlanishi lozim.
Agarda siz boshka dorilarni kabul kilayotgan, qabul qilgan yoki qabul qilmoqchi bo’lsangiz vrach yoki farmatsevtga xabar bering.
Maxsus ko’rsatmalar
Preparat faqat sirtga qo’llash uchun mo’ljallangan
Eritma bilan terining katta yuzalariga ishlov berilganida (asosan kuygan teriga) ishlov berishda, eritmani germetik bog’lov ostiga ishlatilganda, chala tug’ilgan bolalarga qo’llashda eritmaning faol moddalarini tizimli qon oqimiga ta’sir etish xavfi bor.
Preparatni chaqaloqlar va ayniqsa chala tug’ilgan chaqaloqlarga juda extiyotkorlik bilan qo’llash lozim.
“DERMOBAKTER® sirtga qo’llash uchun eritma” si orqali teri kimyoviy kuyishi mumkin.
Extiyotkorlik choralari.
Preparatni qo’llanmaga mos ravishda qo’llang xamda uzok vaqt davomida flakon qopqog’ini ochiq xolatda qoldirilganida, ayniqsa tarkibi 250 ml li flakondan ko’p bo’lsa bakterial zararlanish xolati yuz berishi mumkin.
Agarda sizga ma’lumotlar noaniq bo’lsa, albatta shifokor yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing.
Homiladorlik va emizish davrida qo’llash.
Bu preparatni emizish davrida ko’krak atrofiga qo’llash mumkin emas.
Preparatni qo’llashdan oldin agarda siz xomilador va emizikdi davrda bulsangiz, xomiladorman deb uylasangiz yoki farzandli bulishni rejalashtirgan bulsangiz albatta shifokor yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing.
Dori vositasini transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir etish xususiyati
Ta’sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborganda nojo’ya ta’sirlarni zo’rayishini keltirib chikarishi mumkin. Bundan tashkari, agar preparat bilan terining katta yuzalariga ishlov berilganida yoki okklyuzion bog’lov ostiga ishlatilganda, eritmaning faol moddalarini tizimli qon oqimiga ta’sir etish xavfi mavjudligi inkor etmaslik kerak.
CHiqarilish shakli
Oq rangli plastmassali taglik qo’yilgan buraluvchi plastmassa qalpoqli, hajmi 125 ml yoki 300 ml li jigarrang tiniq plastmassa flakonda. Bir flakondan karton qutida tibbiyotda qo’llanilishiga doir yo’riqnomasi bilan birga.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo’lmagan haroratda saklansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o’tgach qo’llanilmasin.
YAroqlilik muddati
2 yil.
YAroqlilik muddatining tugashi ko’rsatilgan oyning so’nggi kuni xisoblanadi.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Qayd etish guvohnomasining egasi
Laboratoriya Innotek Internasional, Fransiya
22, avenyu Aristid Brian, 94110, Arkey
Ishlab chiqaruvchi
Innotera SHuzi,
Ryu Rene SHantero, SHuzi-syur-Sis, Valuar-syur-Sis 41150, Fransiya.
Sayt egasi www.innotech.uz "Laboratoroire Innotech International" vakolatxonasi uning mazmuni uchun to'liq javobgardir. Sayt O'zbekistondagi jismoniy va yuridik shaxslarga qaratilgan. Saytdagi ma'lumotlar mos yozuvlar xususiyatiga ega va uni tibbiy mutaxassisning maslahati deb hisoblash yoki almashtirish mumkin emas. Batafsil ma'lumot uchun mutaxassisga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.
Oxirgi yangilangan: 2023-yil 20-iyul