BB TEST®
Homiladorlikni mustaqil ravishda aniqlash uchun test (strip-test)

UMUMIY MA’LUMOTLAR

Ayol organizmida homiladorlik paydo bo’lishi bilan organizm o’ziga xos gormon ishlab chiqarishni boshlaydi — odam xorionik gonadotropini (XG).

Tuxum urug’langandan so’ng, mahsulot bir qancha vaqt davomida ishlab chiqishni boshlaydi va birinchi uch oylikda ko’payib boradi. Siydikda XGning bo’lishi homiladorlikni tezroq aniqlashga yordam beradi. Homiladorlikni aniqlash uchun, miqdoriy Ekspress-test BB test «sendvich» printsipida ishlaydi va qisqa vaqt mobaynida XG miqdorini aniqlaydi. Homiladorlikni aniqlash uchun test BB test: yuqori unumlashgan poliklonal va monoklonal antitelali shimdirilgan reagent, azid natiriy (NaN3 <0,1%) bilan birgalikda oqsil asosida tayyorlangan test tasmasi.

Siydik solingan idishdan test o’ziga suyuqlikni shimadi va natijani test o’rtasida rangli chiziq ko’rinishida ko’rsatadi. Testni rangli chiziqni ko’rsatishi testni to’g’ri o’tkazilganini bildiradi.

Agarda siydikda XG miqdori 10 XB/ml dan ko’p bo’lsa, ikkinchi rangli chiziq paydo bo’ladi.

Rangli chiziqning paydo bo’lishi ijobiy natijani beradi. Test yuqori sezuvchanlik ta’sirga ega bo’lganligi uchun ham homiladorlikning boshlangich davrida, ya’ni hayzning kechikishi bilan homiladorlik paydo bo’lganligini bilish mumkin.

QADOQ TARKIBI

Har bir BB test komplekti nam o’tkazmaydigan alyuminiy vakuum qadoqda alohida, bir dona testdan tashkil topgan. Nam tortuvchi to’plam bilan birga qo’llamang.

Qo’llashdan oldin, albatta, himoya qobig’ini oching.

 

MAXSUS KO’RSATMALAR

  1. Homiladorlikni aniqlovchi test faqatgina mustaqil ravishda homiladorlikni aniqlash uchun in vitro. Faqat tashqi qo’llash uchun. Test va nam singdiruchi to’plamni ichkariga qo’llamang.
  2. Qo’llashdan oldin, yo’riqnoma bilan diqqat bilan tanishib chiqing.
  3. Agarda siz test o’tkazsangiz, mo’ljallangan hayz kuni yoki undan so’ng ertalabki siydikda (tungi uyqudan uyg’ongandan so’ng) qo’llang, chunki uning tarkibida yuqori XG kontsetrasiyasi tarkib topadi. Agarda hayz kechikish holati bir haftadan ko’p bo’lsa, tonggi siydikni kutish shart emas, chunki XG miqdori kunning barcha vaqtida yuqori bo’ladi.
  4. Siydikning xiraligi yoki cho’kindilarning mavjudligi va bakterial zararlanish holatlari bo’lsa, takroriy siydik olish tavsiya etiladi.
  5. +4°C dan +30°C gacha bo’lgan haroratda saqlansin.. Muzlatilmasin. Agarda test tasmasi
    +4 °C haroratda saqlangan bo’lsa, qo’llashdan oldin 5 minut davomida xona haroratida isiting.
  6. Test o’ramida ko’rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin, shuningdek, folga shaxsiy o’ram shikastlangan holda ishlatilmasin.
  7. BB testni takroran qo’llamang.
  8. Bolalar ololmaydigan joyda saqlang.
  9. Himoya qobig’ini ehtiyotkorlik bilan oching.
  10. Test tasmasini qo’llashdan oldin, namlamang va nam qo’llar bilan ushlamang.
  11. Testni reaktiv joyiga teginmang.
  12. Natija ko’rinishidan oldin, 5 minut davomida kuting.
  13. Qo’llashdan oldin, test tasmasidan boshqa qo’shimcha komponentlarni axlatga tashlash lozim.

TESTNI QO’LLASH

  1. Ko’p bo’lmagan miqdordagi siydikni quruq, toza va yuvish vositalari qoldiqlari bo’lmagan idishga (komplekt tarkibiga kirmagan) yig’ing.

Siydik miqdori taxminan idishda ½ balandlikda bo’lishi lozim.

  1. Qobiqda ko’rsatilgan kesish joyini qirqing va faqat test tasmasini oling. Nam singdiruvchi to’plamni tashlab yuboring.
  2. Testni vertikal holatda siydikka rasmda ko’rsatilgan tarzda 5-10 sekund botiring (1- rasm).

Diqqat! SIYDIK MIQDORI TEST TASMASIDA  BELGILANGAN BO’LIMDAN YUQORI

BO’LISHI MUMKIN EMAS.

  1. 5 minut kuting va natijani o’qing. 10 minutdan keyingi natijani qabul qilmang. Ehtimoliy erta homiladorlik holatidagina natijani to’g’ri talqin qilish uchun 10 minut davomida kutish tavsiya qilinadi.

NATIJANI TALQIN QILISH

Strip test o’rtasida testni to’g’ri o’tkazganligidan dalolat beruvchi bir rangli chiziq paydo bo’lishi lozim.

Ikkinchi rangli chiziqning paydo bo’lishi (birinchisining pastki qismida) test natijasini ko’rsatadi. Ikki chiziq orasidagi ranglarning farqi yoki bo’yalish quyuqligi hech qanday ahamiyatga ega emas, ikkinchi chiziqning paydo bo’lishi barcha holatda natija ijobiyligini ko’rsatadi.

  1. Salbiy natija

Ikkinchi rangli chiziqning namoyon bo’lmasligi homiladorlik bo’lishi uchun XG gormoni miqdori yetarli emasligini ko’rsatadi. Agarda hayz kelmasa, yana 5 kundan so’ng, qayta test o’tkazing. Yana salbiy natija bo’lsa, shifokor bilan maslahatlashing.

  1. Ijobiy natija

Ikkinchi rangli chiziqning (nazorat chiziqning pastki qismida) namoyon bo’lishi homiladorlik paydo bo’lganidan darak beradi. Ushbu holatda ginekolog shifokorga murojaat etish tavsiya qilinadi.

 

  1. Yaroqsiz natija

Nazorat qismida rangli chiziqning mavjud emasligi yoki test qismida rangli chiziq paydo bo’lishi, shu bilan birga, nazorat qismida chiziqning namoyon bo’lmasligi testning yaroqsizligini bildiradi. Test noto’g’ri ishlatilgan yoki test yaroqsiz bo’lishi mumkin. Boshqa strip test orqali testni takroran o’tkazing yoki shifokorga murojaat qiling. 

SAVOL VA JAVOBLAR

 

BB test homiladorlikni aniqlash uchun qaysi strip test yo’nalishi bo’yicha ishlaydi?

Ayol organizmida homiladorlik paydo bo’lgandan so’ng XG gormoni ishlab chiqarishni boshlaydi.

Bu gormon boshlang’ich kunlarda miqdori siydik tarkibida o’sib boradi. BB testni ishlash printsipi testni homiladorlikni aniqlashi uning namoyon bo’lishiga asoslanadi.

 

Qachon testni qo’llash mumkin?

Test o’tkazish hayz kechikishini birinchi kuniyoq o’tkazish mumkin.

Testni qachon o’tkazgan ma’qul?

Testni kuning barcha qismida o’tkazish mumkin. Shunga qaramay tonggi siydikda XG yuqori kontsentrat miqdori tashkil topadi, va u ishonchliroq natijalarni ko’rsatadi.

Ichilgan suyuqlik miqdori natijaga ta’sir ko’rsatadimi?

Ko’p miqdorda suyuqlik ichish siydikni ko’payishiga va aralshuviga ta’sir etishi mumkin va yolg’on natija berishi mumkin; shu munosabat bilan o’rtacha miqdorda suyuqlik ichish lozim.

Yolg’on natija bo’lishi mumkinmi?

Natijani aniqligi yo’riqnomaga muvofiq ravishda testni qo’llanilishiga bog’liq. Agarda strip test BB test qo’llashdan oldin namlangan bo’lsa yolg’on natija beradi. BB test bir qator yuqori sifat tekshiruv tadqiqotlarida namoyish etilgan va yuqori aniqligi tavsiflanadi. Shunga qaramay, juda kam holatda yolg’on natija ko’rsatishi mumkin. (homiladorlik holatida yolg’on salbiy natija yoki homiladorlik bo’lmagan holatda yolg’on ijobiy natija). Bunday noma’lum va natijasiz holatda ginekologga murojat qilish tavsiya etiladi, chunki bu holatlar asosida ba’zi kasalliklar mavjud bo’lishi mumkin.

Bundan tashqari, ba’zi tarkibida XG bor va XG miqdorini rag’batlantiruvchi preparatlar qabul qilish yolg’on ijobiy natija berishi mumkin. (misol uchun Pregnil, Profazi, Pergonal).

Spirtli ichimliklar, og’riq qoldiruvchi vositalar, antibiotik, kontratseptiv preparatlar, gormonal preparatlar, Klomifen sitrat tarkibli (masalan Klomid, Serofen) va tinchlantiruvchi vositalar natijalarga ta’sir ko’rsatmaydi. 8 hafta oldin bola tushish va abort yoki tug’ruq bo’lgan bo’lsa yolg’on ijobiy natija berishi mumkin.

Bu ehtimol oldingi homiladorlikdan qolgan XG miqdorini mavjudligi bilan izohlanadi.

Men strip testni siydikli idishda 10 sekunddan ko’p vaqtga qoldirdim. Natija aniq bo’ladimi?

Xa. Qo’shimcha bir necha sekund natijaga ta’sir etmaydi.

Men strip testni siydikli idishda 5 sekunddan kam vaqtga qoldirdim. Natija aniq bo’ladimi?

Yo’k, chunki siydikda yig’ilgan gormon miqdori etarli bo’lmasligi mumkin.

Test natijalarini qanday o’qish lozim?

Tekshiruv joyida rangli chiziq paydo bo’lishi tekshiruv to’g’ri o’tkazilganligidan dalolat beradi.

Agarda bu holat ko’rinmasa yangi strip test BB test orqali amaliyotni takrorlash lozim.

 

Test natijalarini qanday talqin qilish lozim?

Homilador bo’lsangiz 5 minut davomida ikkita rangli chiziq paydo bo’ladi. Shunga qaramay agar siydikda gormonlar miqdori juda kam bo’lsa, ikkinchi chiziq sal paydo bo’lishi mumkin. Shunisi aniqki, siydikda gormonlar miqdorini yo’qligi va hxomiladorlik bo’lmaganlikni tasdiqlash uchun oxirgi salbiy natija paydo bo’lgunga qadar bir qancha minut kutib turish tavsiya etiladi..

Siydikka test botirigan vaqtdan 10 minut orasida paydo bo’lgan natija to’g’ri hisoblanmaydi.

Testda ikkita chiziq paydo bo’ldi, biroq chiziqlar rangi va quyuqligi yoriqnomada ko’rsatilgan rasmdan farq qiladi. Buni qanday izohlash mumkin?

Ranggning quyuqligi yoki farqi xech qanday ahamiyatga ega emas. Agarda natija ijobiy bo’lsa test joyida ikkinchi chiziq paydo bo’lishi lozim. Bu chiziq rasmda ko’rsatilgandek ko’rinishda yoki tekshiruv qismidagi chiziqdan rangi bilan farq qilishi mumkin. Bu XG miqdorini odam organizmida o’sib borishi va testdagi rangiga va quyuqligiga ta’sir qilishi bilan izohlanadi.

Ba’zi preparatlarni qabul qilish natijaga ta’sir ko’rsatadimi?

Bepushtlikni davolovchi ba’zi preparatlar, tarkibida XG yoki odam menopauza gonodotropin XG bo’lgan preparatlar qabul qilish ishonchsiz natajalarni ko’rsatishi mumkin. Qoida bo’yicha bu inektsion preparatlar qabul qilingandan so’ng yaqin kunlarda test o’tkazilishi yolg’on ijobiy natija berishi mumkin. Bepushtlikdan boshqa preparatlar, og’riq qoldiruvchi va oral kontratseptiv preparatlar natijaga ta’sir ko’rsatmaydi. Shunga qaramay, test natijalari oldindan oral kontratsepsiyalarni qabul qilishni tugatish yoki bepushtlikni davolash muolajalari tugatilishi shart ekanligini izohlab beradi.

 

BB test natijalari ishonchli ekanligi qanday baholanadi?

Testning samaradorligi bir qancha in vitro klinik tadqiqotlarda 99% dan yuqori ekanligi isbotlangan.

 

Qaysi vaqt mobaynida natijalar ishonchliligi baholanadi?

Salbiy natijada test qismida 10 minutdan so’ng oqish rangli chiziq paydo bo’lishi mumkin. Uning paydo bo’lishi ijobiy natijani ko’rsatmaydi. Yodda tuting, test siydik botirilgan vaqtdan boshlab, 10 minut ichida paydo bo’lgan natija qabul qilinmaydi.

 

Natija salbiy bo’lsa nima qilish kerak?

Agarda test salbiy natija ko’rsatsa siz homilador bo’lmaganligingiz sababli siydikda XG miqdori mavjud emasligini ko’rsatadi. Bir xaftadan so’ng hayz ko’rmasangiz yana takroran strip test BB test yordamida test o’tkazing. Takroran salbiy natija bo’lsa ginekologga murojat qilishingiz lozim. Chunki hayzning kechkishiga boshqa sabablar bo’lishi mumkin.

Natija ijobiy bo’lsa nima qilish kerak?

Agarda test natijasi ijobiy bo’lsa ginekologga murojat qiling. Homiladorlikni erta aniqlanishi va olib borilishi bola va ona salomatligi uchun zarur.

Ishlab chiqaruvchi: VEDALAB

Manzil: Rue de l’Expansion — ZAT du Londeau – Cerisé                                  

BP 181 — 61006 ALENCON Cedex, France (Fransiya)